Amerika-O'zbekiston, majburiy mehnat masalasi/US-Uzbekistan, forced labor
AQSh Rossiya va Xitoy qatorida O'zbekiston hukumatini ham zamonaviy qulchilikda ayblab, o'zi yuritadigan maxsus ro'yxatda respublika maqomini yanada pasaytirdi, eng quyi 3-pog'onaga tushirdi. Bu degani Kongress respublika bilan hamkorlikni cheklab qo'yishi mumkin. Vashington nazarida O'zbekiston paxta dalalarida bolalar va katta yoshdagilar majburan ishlatilishi zamonaviy qulchilik hisoblanadi va Amerika bu muammoni tan olib, Toshkentni siyosatni o'zgartirishga undamoqda.Dunyo bo'ylab inson savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurash yo'lida AQSh Davlat departamenti har yili maxsus hisobot chiqarib, uni xalqaro hamjamiyat va Kongressga taqdim etadi. Qonunchilar talab qiladigan bu hujjatda Amerika hamkorlik qilayotgan davlatlardagi vaziyat tahlil qilinib, kim nima chora ko'rayotgani va o'sha mamlakatga nisbatan siyosatni belgilashda nimaga e'tibor berish lozimligi ta'kidlanadi. Shu bois ham bu hisobotda keskin tanqidga uchrash davlatlar uchun boshog'riq.
Shu mavzuda
Siz uchun
-
Mart 26, 2023
Puerto-Rikoda quyosh energiyasiga o'tayotgan shahar
-
Mart 25, 2023
O’qituvchining oylik maoshi yashashga yetmaydi
-
Mart 25, 2023
Ukrainalik bolalar uchun Amerikaga sayohat
-
Mart 25, 2023
AQShda to’rt kunlik ish haftasi sinab ko’rilmoqda
-
Mart 25, 2023
AQSh Javlon Vahobovni kuzatmoqda