Breaking News

Obama: Yaqin Sharqqa piyoda qo'shin jo'natmaymiz

Antalya, 16-noyabr, 2015
Antalya, 16-noyabr, 2015

AQSh rahbari Barak Obamaning ta'kidlashicha, Fransiyadagi qonli fojiaga qaramasdan "Islomiy davlat" to'dasiga qarshi kurashish uchun Yaqin Sharqqa piyoda qo'shin jo'natilmaydi.

Turkiyaning Antalya shahrida o'tgan Katta Yigirmalik sammitida so'zlagan Obama Iroq va Suriyada olib borilayotgan harbiy-havo kampaniyasini, mahalliy jangchilarni quvvatlash strategiyasini himoya qildi.

Jihodchilarni yakson qilish uchun Suriyaga, masalan, 50 ming askar jo'natish ham samara bermagan bo'lardi, deydi AQSh rahbari, chunki bu Suriyani uzoq muddatga bosib olishni anglatadi.

"Amerikani kuchli qilib ko'rsatish uchungina qarorlar qabul qilmayman. Davlat xavfsizligi birinchi o'rinda", - dedi Obama.

Qochqinlar

Parijdagi hujumlarni uyushtirganlardan biri qochqin bo'lib Yevropaga kirgani ma'lum. Prezidentning aytishicha, AQSh minglab suriyalik qochoqlarni qabul qilish rejasidan qaytmaydi, lekin ular kelishidan oldin obdon tekshiriladi.

Oq uyga harakat qilayotgan respublikachi ayrim nomzodlarning faqatgina suriyalik nasroniylarga Amerikada boshpana berish taklifini Obama "sharmandalik" deya tanqid qildi.

AQSh razvedka idoralari xorijiy davlatlarda rejalanayotgan terroristik hujumlar haqida ko'pincha oldindan xabar topadi. Ammo Parij qatliomi haqida biror ma'lumot bo'lmagan.

Yaqinroq hamkorlik

Turkiya mezbonligida o'tgan Katta Yigirmalik majlisida ma'lumot almashishni oshirish, chegaralar xavfsizligini kuchaytirishga kelishib olindi. Terrorchilarning moliyaviy manbalarini qirqish lozim, deydi liderlar.

Germaniya kansleri Angela Merkelga ko'ra, terrorizmni faqatgina harbiy usullar bilan yengi bo'lmaydi - strategiya keng qamrovli bo'lishi lozim.

Britaniya kelasi yili donorlar anjumaniga mezbonlik qilmoqchi. Mablag' Suriya va boshqa davlatlardan Yevropaga oqib kelayotgan qochqinlar ehtiyojlariga sarflanadi.

"Eng muhimi, Suriya mojarosiga siyosiy yechim topishimiz kerak. Toki millionlab odamlar vataniga, uyiga qaytsin", - deydi Britaniya Bosh vaziri Deyvid Kameron.

Rossiya rahbari Vladimir Putin esa yovuz kuchlarni yengish uchun birgalikda harakat qilishimiz lozim, deya ta'kidladi.

Fransiya Prezidenti Fransua OIland parlamentdan favqulodda choralarni uch oyga uzaytirishni so'ramoqda. Konstitutsiyaga ayrim o'zgartirishlar kiritiladi.

Antalya: Katta Yigirmalik sammiti

1/36
To'liq holda ko'ring Show less
Turkiya rahbari Rajab Toyyib Erdog'an mehmonlarni kutmoqda
2/36 Turkiya rahbari Rajab Toyyib Erdog'an mehmonlarni kutmoqda
To'liq holda ko'ring Show less
3/36
To'liq holda ko'ring Show less
4/36
To'liq holda ko'ring Show less
Erdog'an Britaniya Bosh vaziri Deyvid Kameron bilan
5/36 Erdog'an Britaniya Bosh vaziri Deyvid Kameron bilan
To'liq holda ko'ring Show less
Yevropa Ittifoqi rahbarlari Parijda terror hujumlarida o'lganlarni xotirladi
6/36 Yevropa Ittifoqi rahbarlari Parijda terror hujumlarida o'lganlarni xotirladi
To'liq holda ko'ring Show less
Erdog'an Germaniya rahbari Angela Merkel bilan
7/36 Erdog'an Germaniya rahbari Angela Merkel bilan
To'liq holda ko'ring Show less
Erdog'an Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bilan
8/36 Erdog'an Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bilan
To'liq holda ko'ring Show less
9/36
To'liq holda ko'ring Show less
10/36
To'liq holda ko'ring Show less
11/36
To'liq holda ko'ring Show less
Amerika va Rossiya rahbarlari muzokarada
12/36 Amerika va Rossiya rahbarlari muzokarada
To'liq holda ko'ring Show less
Erdog'an Kanada Bosh vaziri Jastin Trudo bilan
13/36 Erdog'an Kanada Bosh vaziri Jastin Trudo bilan
To'liq holda ko'ring Show less
14/36
To'liq holda ko'ring Show less
15/36
To'liq holda ko'ring Show less
16/36
To'liq holda ko'ring Show less
17/36
To'liq holda ko'ring Show less
Parijdagi terror xurujlarida o'lganlar xotirlandi
18/36 Parijdagi terror xurujlarida o'lganlar xotirlandi
To'liq holda ko'ring Show less
19/36
To'liq holda ko'ring Show less
20/36
To'liq holda ko'ring Show less
21/36
To'liq holda ko'ring Show less
22/36
To'liq holda ko'ring Show less
23/36
To'liq holda ko'ring Show less
24/36
To'liq holda ko'ring Show less
BRICS - Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika rahbarlari
25/36 BRICS - Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika rahbarlari
To'liq holda ko'ring Show less
Katta Yigirmalik suratga tushmoqda
26/36 Katta Yigirmalik suratga tushmoqda
To'liq holda ko'ring Show less
27/36
To'liq holda ko'ring Show less
Erdog'an BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun bilan
28/36 Erdog'an BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun bilan
To'liq holda ko'ring Show less
29/36
To'liq holda ko'ring Show less
Obama azaliy ittifoqchilar bilan ko'rishmoqda
30/36 Obama azaliy ittifoqchilar bilan ko'rishmoqda
To'liq holda ko'ring Show less
U.S. President Barack Obama, center, joins other Group of 20 world leaders for a group photo in Antalya, Turkey, Nov. 15, 2015.
31/36 U.S. President Barack Obama, center, joins other Group of 20 world leaders for a group photo in Antalya, Turkey, Nov. 15, 2015.
To'liq holda ko'ring Show less
32/36
To'liq holda ko'ring Show less
Katta Yigirmalikdan norozi omma namoyishda
33/36 Katta Yigirmalikdan norozi omma namoyishda
To'liq holda ko'ring Show less
Katta Yigirmalikdan norozi namoyishchilarning ayrimlari hibsda olindi
34/36 Katta Yigirmalikdan norozi namoyishchilarning ayrimlari hibsda olindi
To'liq holda ko'ring Show less
Antalya
35/36 Antalya
To'liq holda ko'ring Show less
36/36
To'liq holda ko'ring Show less
Previous slide
Next slide

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG