"Katta Yigirmalik" sammiti: Muhokama markazidagi mavzular

  • Amerika Ovozi

Germaniyaning Gamburg shahrida "Katta Yigirmalik" sammiti boshlanar ekan, AQSh Prezidenti Donald Tramp va Germaniya Kansleri Angela Merkel iqlim va savdoga doir ayrim masalalarda qarama-qarshi fikrda. Tahlilchilar fikricha, terrorizmga qarshi kurash hamda Xitoyning agressiv po'lat eksporti ularni o'zaro yaqinlashtirishi mumkin.

Gamburgdagi yig'inning oson kechishi kutilmayapti. Anjumanga namoyishchilar va politsiyachilar ham hozir.Angela Merkel yakdil kelishuvdan umidvor, ammo AQSh bilan aloqalarda biror mo'jiza yuz berishi qiyin.

"Ko'p o'xshashliklar, boshqa masalalarda esa katta tafovutlar bor. Shu bois oldindan bir narsa demayman. Barcha mavzularda umumiy mavqega ega bo'lamiz, deb o'ylamayman, lekin xalqaro diplomatiyaning barcha masalalari bo'yicha bir-birimiz bilan samimiy suhbatlashishimiz muhim", - dedi Angela Merkel.

Prezident Tramp AQSh sanoatini himoya qilish uchun po'lat importiga qo'shimcha soliqlar solishini aytgan. Uning "Amerika birinchi navbatda" strategiyasi "Katta Yigirmalik"dagi ko'plab hamkorlarni betoqat qilmoqda.

"U qo'lidagi barcha kartalarni ishga solyapti: Shimoliy Amerika savdo bitimi, iqlim o'zgarishi tanqidi. Nima bo'lganda ham, u barchaning manfaatiga javob beruvchi erkin savdo tarafdori, lekin Xitoy kabi davlatlar munofiqligini fosh etmoqchi. Ular ochiqlik haqida gapiradi, ammo va'dasida turmaydi. Sammitda titanlar to'qnashuvi yuz beradi", - deydi tahlilchi Tim Ivans.

Trampning keskin tanqidlari samara bermoqda. NATO a'zolarini himoya qilmasligi haqidagi tahdidlari ketidan ittifoqchilar mudofaa xarajatlarini oshirishga so'z berdi. AQSh rahbari Shimoliy Amerika erkin savdo bitimini bekor qilishini aytganidan so'ng Meksika bilan shakar eksporti bo'yicha kelishuvga erishildi.

Trampning navbatdagi nishoni Xitoy. Bu o'lkadan kelayotgan arzon po'lat nafaqat AQShda, balki Britaniya, Germaniya kabi davlatlarida ham ish o'rinlarining boy berilishiga sabab bo'lmoqda.

Iqlim ham asosiy mavzulardan biri, ammo e'tibor Xitoyning po'lat importiga qaratilishi mumkin.

"Katta Yigirmalik"ning ko'plab a'zolari ham AQSh yuzlashayotgan iqtisodiy muammolarni boshdan kechirmoqda. Masalan, Xitoy po'lat sanoati haddan ziyod ko'p mahsulot yetkazib berishi natijasida Britaniyaning Port-Talbot va Redkar shaharlaridagi po'lat zavodlari yopilgan. Ogayo va Pensilvaniyada ham vaziyat ko'p farq qilmaydi. Shu bois bu masalada yakdillik yuqori bo'ladi", - deydi tahlilchi Shanker Singem.

Agar yetakchilar o'zaro umumiy til topisha olsa, bu Gamburg ko'chalaridagi manzaraning aksi bo'ladi. Bu yerda hafta boshidan beri namoyishlar tinmayapti.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG