Gamburg Trampni sovuq qarshi oldi

  • Amerika Ovozi

Yirik iqtisodlar rahbarlari bilan birga Germaniyada minglab aksil-kapitalist kuchlar jamul-jam bo'lgan. Politsiya g'alayonlarga tayyor turib, yuzlab qo'lbola qurol-aslahalarni musodara qilgan.

Prezident Tramp Germaniyada o'tayotgan Katta Yigirmalik sammitiga yetib borgan kun, anjumanga mezbon Gamburg shahrida to'polonlar avj oldi. Bir kun oldin Polshada iliq kutib olingan Trampni Germaniyada shu tariqa sovuq qarshi olishdi. Dunyoning eng yirik iqtisodlari murakkab mavzular muhokamasi uchun jam bo'lgan.

Gamburgdagi manzara Polshadagidan ancha farqli edi. Katta Yigirmalik sammitini to'xtatish ahdida qat'iy minglab namoyishchilar ko'chalarni to'ldirgan. Politsiya ularni suv va to'qmoq bilan haydab solayapti.

Namoyishchilar mana bir necha kundirki Amerika rahbarini poylayapti.

Gamburg tarixan so'lchi, kapitalistlarga qarshi, proteksionizmga qarshi kayfiyati bilan mashhur. Kansler Angela Merkel shaharni bejiz mezbon sifatida tanlamadi.

"Ko'p tomonlama munosabatlarni mustahkamlashimiz, jamiyatda bag'rikenglik, erkin savdoni targ'ib qilishimiz kerak", - deydi Merkel.

Tramp avvalroq Germaniya eksporti qiymati importi bilan qiyoslaganda o'ta oshib ketganini tanqid qilgan. Germaniya tashqi ishlar vaziri nazarida AQSh rahbarining so'zlari ikki davlat o'rtasida savdo urushiga turtki berishi hech gapmas.

Tramp Gamburgda bu orada Shimoliy Koreya yadro dasturini, Xitoy po'lat importiga tariflarni oshirish va shu bilan Amerika po'lat sanoatini quvvatlash masalasini ko'taradi.

Yirik iqtisodlar rahbarlari bilan birga Germaniyada minglab aksil-kapitalist kuchlar jamul-jam bo'lgan. Politsiya g'alayonlarga tayyor turib, yuzlab qo'lbola qurol-aslahalarni musodara qilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG