Breaking News

Nodavlat tashkilotlar homiysi Jorj Soros Qirg'izistonga boradi


Jorj Sorosga qarashli “Ochiq jamiyat” jamg’armasi moliyalovchi “Soros-Qirg’iziston” 20 yildan oshibdiki faol. Biroq keyingi paytlarda Qirg’izistonda qator xorijiy idoralar va chetdan moliyaviy ko’mak olayotgan nodavlat tashkilotlar tanqidiy nazarlar kuchaygan.
Jorj Sorosga qarashli “Ochiq jamiyat” jamg’armasi moliyalovchi “Soros-Qirg’iziston” 20 yildan oshibdiki faol. Biroq keyingi paytlarda Qirg’izistonda qator xorijiy idoralar va chetdan moliyaviy ko’mak olayotgan nodavlat tashkilotlar tanqidiy nazarlar kuchaygan.
Nodavlat tashkilotlar homiysi Jorj Soros Qirg'izistonga boradi-Muhiddin Zarif
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:48 0:00
Yuklab oling

Amerikalik milliarder, nohukumat tashkilotlar homiysi sifatida tanilgan Jorj Soros yaqinda Qirg’izistonga borishi kutilmoqda. Unga qarashli “Ochiq jamiyat” jamg’armasi moliyalovchi “Soros-Qirg’iziston” 20 yildan oshibdiki faol.

Mahalliy ekspertlarning aytishicha, Qirg’izistonda "Soros" dan naf ko’rmagan o’quv yurti, madaniyat muassasasi yoki shifoxona kam.

O’shlik muallima Qimmatxon Bozorova maktablarning “Soros-Qirg’iziston” bilan hamkorligini samarali, deb ta’riflaydi.

“Jamg’arma bizga juda ko’p kitob, darslik va qo’llanmalar, texnik vositalar bergan. Malakamizni oshirishga ko’maklashgan va bu ishimizni yengillatgan”, - deydi u.

“Luch Lotosa” deb atalmish nodavlat tashkilot boshlig’i Bolush Saiyev fikricha, “Soros-Qirg’iziston” fuqaroviy jamiyatning oyoqqa turib olishi, bilim-ta’lim sohalari taraqqiy etishiga sezilarli hissa qo'shgan.

Suhbatdoshning aytishicha, fondning o’ziga xosligi - tezkorlik, samaradorlik, ko’p yo’nalishli faoliyat.

Bolush Saiyev ayrim chet o’lkalarda bu tashkilotga qarshi yangrayotgan gumon-ayblovlarga qo’shilmaydi.

“Aytaylik, Qirg’izistonda ikki bor inqilob, to’ntarish, qator ommaviy chiqishlar o’rin oldi, lekin kimdir bu ishlarda “Soros-Qirg’iziston” jamg’armasi izlarini ko’rganini men eslolmayman”, - deydi Bolush Saiyev.

Rasmiy ma’lumotlarga binoan, “Soros-Qirg’iziston” hozir olti yo’nalishda ishlayapti. Har xil loyiha va dasturlar uchun joriy yil kamida ikki yarim million dollar va yana boshqa manbalar jalb qilinmoqda.

“Asosiy yo’nalishlar, maqsad va vazifalar jamg’armamiz tomonidan jamoatchilik vakillari ishtirokida ishlab chiqiladi. Boshqacha aytganda, yo’nalishlarni Qirg’iziston jamiyati belgilaydi. Dasturlarimizning dolzarbligi, zamon talablariga hamohangligi aynan shundan kelib chiqadi”, - deydi jamg’arma rahbari Shamil Ibragimov.

Keyingi yillarda jamg’armaning Qirg’iziston yoshlarini xorijga o’qishga yuborish dasturlari qisqargan. Qisman shu sabab O’sh shahridagi resurs markazi yopilgan.

Bishkekdagi resurs markazi bitiruvchi va talaba yoshlarga ko’mak ko’rsatish bilan mashg’ul.

Fond mahalliy ommaviy axborot vositalarini ham qo'llaydi.

Soros-Qirg'iziston

"Soros" jamg'armasi Qirg'izistonda 20 yildan oshibdiki faol;

“Soros-Qirg’iziston” olti yo’nalishda ishlayapti;

Loyiha va dasturlar uchun joriy yil kamida 2.5 million dollar jalb qilinmoqda;

Yoshlarni xorijga o’qishga yuborish dasturlari qisqargan;

O’sh shahridagi resurs markazi yopilgan;

Bishkekdagi resurs markazi yoshlarga ko’mak ko’rsatishda davom etayapti;

Fond mahalliy ommaviy axborot vositalarini qo'llaydi;

Aholiga bepul yuridik yordam ko’rsatishda faol.

“Bu o’rinda oldimizga aniq vazifalar qo’yganmiz. Masalan, mamlakat telekompaniyalariga raqamli televideniyega o’tishda yordam berish, toki fuqarolar mahalliy telestansiyalar dasturlaridan bahramand bo’la olsin. Shuningdek, jamoat telekompaniyasini isloh qilishga, ozchilik elatlarga qaratilgan axborot vositalariga ko’mak ko’rsatishga hissa qo’shayapmiz”, - deydi Ibragimov.

Jamg’arma aholiga bepul yuridik yordam ko’rsatishda ham faol.

Keyingi paytlarda Qirg’izistonda qator xorijiy idoralar hamda chetdan moliyaviy ko’mak olayotgan nodavlat tashkilotlarga nisbatan tanqidiy nazarlar kuchaygan. Shunga qaramay, “Soros-Qirg’iziston” jamg’armasi rahbari Shamil Ibragimov tashkilot istiqboliga ishonadi.

“Faoliyatimiz mahalliy qonunlar asosida olib boriladi va biz qonunlarga amal qilamiz. Cheklovchi normalar qabul qilinishi hali katta savol. Biz tomondan Qirg’izistonda faoliyatimizni qisqartirish niyati yo’q”, - deydi fond vakili.

XS
SM
MD
LG