Breaking News

Mahalla haqida AQSh poytaxtida duv-duv gap


Jorj Vashington universitetida kechgan davra suhbatida rsamiy video ham namoyish etildi
Jorj Vashington universitetida kechgan davra suhbatida rsamiy video ham namoyish etildi

Toshkentdan Vashingtonga kelib, mahalla instituti va uning roli haqida davra suhbatlari olib borgan delegatsiya O'zbekiston o'z fuqaro jamiyatiga ega deydi.

Oila va mahalla – azaldan jamiyatning o’zagi. Nafaqat O’zbekistonda balki dunyoning boshqa qismlarida ham bu ikki qadriyatga bebaho boylik, ijtimoiy-madaniy tayanch sifatida qarab kelishgan. O’zbekistonda mahalla-ko’y deganda har bir insonning xulq-atvori, turmushi va jamiyat ravnaqiga qo’shayotgan hissasini baholovchi tizim tushuniladi. Mahalla qo’mitalari esa mustaqillik yillarida, O’zbekiston hukumati so’zi bilan aytganda, mahalliy fuqaro boshqaruvi organlariga aylangan.
Mahalla xususida davra suhbati - O'zbekiston delegatsiyasi Vashingtonda - Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:52 0:00
Yuklab oling
Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori Abdujabbor Abduvohitov bilan suhbat - Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:23 0:00
Yuklab oling

Amerika O’zbekiston hukumatini inson huquqlarini e’zozlab, fuqaro jamiyati shakllanishi uchun zamin yaratishga undab keladi.

Vashington nazarida, shuningdek, ko’plab xalqaro huquq tashkilotlari tahlilicha, respublikada fuqaro jamiyati juda sekin rivojlanmoqda.

Rasman nohukumat tashkilotlar soni bir necha mingni tashkil etadi. Lekin amalda ular davlat nazorati ostida faoliyat yuritadi. Davlat ma’qullagan loyihalar davlat ajratgan moliya orqali davlat xohlaganidek amalga oshiriladi.

G’arbda, xususan Amerikada, fuqaro jamiyati – mutlaq nohukumat sektor. Fuqaro jamiyati deyilganda hukumat ishini kuzatib, uni savolga tutadigan, o’zgarishlar qilishni talab qilib, rahbariyatni tergab turadigan kuchlar tushuniladi.

Nohukumat, notijoriy tashkilotlar davlat bilan hamkorlikda, undan turli loyihalar uchun grantlar olgan holda faoliyat yuritishi mumkin, lekin hukumat ularning ishiga aralashmaydi.

Fuqaro jamiyati jamiyatda adolat, tenglik, shaffoflik, qonun ustuvorligi va xususan ozchilikdagi guruhlar manfaati uchun kurashadi.

O’zbekiston AQShda asoslangan va fuqaro jamiyatini rivojlantirish uchun borib, G’arbga xos qadriyatlarni targ’ib qilgan, oshkoralik va erkinlikni madh etgan tashkilotlarni chiqarib yuborgan. Toshkentning asosiy qarshiligi shuki, bu guruhlar O’zbekiston jamiyatiga xos bo’lmagan mafkura va go’yalarni olg’a surgan.

Masalan, 2004-yilda haydalgan Ochiq Jamiyat Instituti (Soros jamg’armasi), 2006-yilda quvilgan “InterNews”, 2010-yilda yopilgan “Human Rights Watch” huquq tashkiloti. Shuningdek, ta’lim sohasida ishlagan IREX va ACCELS ham 2006-2007 yillarda mamlakatni tark etgan.

Bugunga kelib, O’zbekiston hukumati o’z fuqarolik jamiyatiga ega degan pozitsiyani tushuntirish maqsadida Vashingtonga delegatsiya keldi: O’zbekiston prezidenti qoshidagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rahbari Abdujabbor Abduvohitov; Dolli Allayev, Mahalla jamg’armasi rais o’rinbosari va Mansur Abdusattorov, Fuqaro jamiyati shakllanishini monitoring qiluvchi institut vakili.

Suratlarni mana bu link
  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi" teleradiosining yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Tashkilotda gender va jurnalistika bo'yicha kengash raisi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for more than 20 years on TV, radio and online. Since 2018, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Master in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Navbahor played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented more than 1000 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari” (Exploring America), which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and the Atlantic. Navbahor also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at Uzbekistan’s state broadcasting company in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG