Breaking News

Germaniya “Jamoati Berlin” salafiylar guruhini taqiqladi


Germaniyada radikal islomiy guruhning taqiqlanishi ketidan politsiya poytaxt Berlin va qo’shni Brandenburg shtatida reydlar o’tkazdi.

“Jamoati Berlin” va “Tavhid Berlin” nomlari bilan tanilgan guruh a’zolariga aloqador xonadonlarni tintuv qilish amaliyotida 850 politsiya xodimi, jumladan maxsus kuchlar qatnashgan.

Teraktlar sodir etishga targ’ib qilib kelgan o’ta radikal, jihodchi salafiylar uyushmasi bu, deya tasvirlaydi rasmiylar.

“Konstitutsiyani muhofaza qilish idorasi bu tashkilot faoliyatini ikki yil davomida yaqindan kuzatgan. Ehtimoliy hujumlarning va unga yangi a’zolar qo’shilishining oldini olish uchun uni taqiqlashga qaror qildik. Reydlar 19 kishiga bevosita aloqador”, - deydi Berlin Ichki ishlar boshqarmasi rahbari Andreas Gizel.

Boshqarma bayonotiga ko’ra, “Jamoati Berlin” shahidlikni sharaflab, “Islomiy davlat” guruhi mafkurasini qo’llab-quvvatlagan, Germaniya konsitutsiyasini rad etib, faqat shariat qonunlarini tan olishini bayon qilgan.

“Bu tashkilot odamlarni qurolli jihodga, suiqasd hujumlariga, ayrim davlatlarni yo’q qilishga da’vat etadi”, - deydi Gizel.

Uyushmaning erkak va ayol a’zolari uylarda va jamoat joylarida muntazam uchrashib, bu g’oyalarni internetda ham yoyishga harakat qilgani, ko’chalarda varaqalar tarqatgani aytiladi.

Germaniya razvedkasi ma’lumotiga ko’ra, mamlakatda salafiylar soni 2019-yilda 12 mingdan oshgan. 2011-yil bilan qiyoslaganda bu uch baravar ko’p.

Xalqaro hayot - 26-fevral, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:11 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG