Breaking News

AQSh universitetlarida kompyuter texnologiyalari yo’nalishida diplom olayotgan xotin-qizlar 18 foiz atrofida. Ish qaynagan va daromad ham yuqori bo’lgan bir paytda bu sohada ayollar kam.

Mutaxassislar qizlarni informatikaga bolalikdan jalb qilmoqchi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:16 0:00

Robotlar hayotga keng tadbiq qilinayotgan davrdamiz. 11 yoshli Xeyli Tat ikki yarim soat yo’l bosib atayin robotlar ko’rgazmasi uchun kelgan.

“Qizlar, bolalar kam ekan”, - deydi u.

Informatsion texnologiya sohasiga ko’proq ayollarni jalb qilishni maqsad qilgan Janubiy Kaliforniya Universiteti maktab o’quvchilari uchun robotlar ko’rgazmasini tashkil qildi. Unda eng so’nggi modeldagi robotlar qo’yildi.

“Robotlarni yaratgan mutaxassislar, talabalar va ayniqsa robotlarning ishini, jamiyatga foydasini o’z ko’zi bilan ko’rgan bolalarda bu sohaga qiziqish uyg’otadi”, - deydi universitet xodimi Keyt Mills.

Mutaxassislar ayniqsa qizlarlarni jalb qilishga urinmoqda.

“Hozirgi avlod uchun kodlashtirishni bilish, qo’shimcha til bilishday kerak xususiyat. 30 yil oldin informatikaga intilganlar ko’proq edi. Hozir ish ko’paygan paytda esa kam, ayniqsa ayol kadrlar yetishmaydi”, - deydi Keyt Mills.

Informatika olamida ayollarning faol emasligiga sabab bu sohaning hayotga tadbiq etilayotganidan bexabar ekani bo’lishi mumkin.

Masalan, shu sohada doktorlik nomzodini yoqlayotgan Keytlin Klabu insoniyat qanchalar zamonaviy texnologiyaga bog’lanib qolganiga o’zi guvoh bo’lmaguncha soha haqida bilmagan.

“Haqiqatda hayotga tadbiq qilsa bo’ladigan jihatlari bor. Asli san’at, ijod, yaratuvchanlikka qiziqqanman. Qobiliyatimni informatika sohasidagi kashfiyotlarda qo’llayapman”, - deydi u.

Keytlin autizmga uchragan, ya’ni aqliy qobiliyati sust rivojlanayotgan bolalarga nafi tegishi mumkin bo’lgan robot yaratish bilan band.

“O’zim disleksiya, o’qish va matnni anglashdagi qiyinchilikka uchraganman. Aqliy faoliyati oqsagan bolalarni tushunaman”, - deydi u.

Informatika sohasiga qizlarni jalb qilishning yana bir usuli ularni bu olam bilan yaqindan tanishtirib borish.

Xeyli Tat gapiradigan robotlar yasash jarayonida qatnashib, eksperiment qilib ko’rdi.

“Bunday ko’rgazmalar yangi odamlarni uchratishga imkon. Kashfiyotlar qilishga undaydi”, - deydi u.

Kompyuter texnologiya sohasiga bolalikdan qiziqish uyg’otish muhim bo’lsada, hamma maktablarda ham bunday sharoit bo’lmasligi mumkin.

“Informatika darslari to’liq jihozlanmagan yoki o’qituvchilarning o’zida ham yetarli tajriba bo’lmasligi mumkin”, - deydi Keyt Mills.

Janubiy Kaliforniya Universiteti maktab o’quvchilari va o’qituvchilarni soha bilan yaqindan tanishtirish, bunda aynan qizlarni jalb qilishni maqsad qilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG