Breaking News

Hindiston biznesda yetakchi ayollarni bir davraga to'pladi


Tadbirkor ayollar
Iltimos, kuting...
Embed

No media source currently available

0:00 0:02:22 0:00

Shu hafta dunyoning mingdan ziyod tadbirkor va siyosatdonlari Hindistonda uchrashib, tashabbuskorlik va biznes boshlashni osonlashtirish yo’llari haqida fikr almashdi. Tadbirkorlarning sakkizinchi global sammitida asosiy mavzu – ayollar. Kompaniya ochish va kredit olishda xotin-qizlar hanuz erkaklardan orqada.

Haydarobodda AQSh va Hindiston tashkillashtirgan sammit qatnashchilari turli davlatlardan. O’z biznes loyihalari bilan kelishdi.

Shulardan biri Safitu Keyn. Mavritaniyada guruch taqsimlovchi kompaniya ochgan.

“Kuchli tadbirkor ayollar bilan tanishaman, aloqa o’rnataman, ulardan o’rganaman deb keldim. Yangi bilim bilan vatanga qaytaman”, - deydi u.

Bu yilgi anjuman mavzusi - ayollar va tadbirkorlik. Bir yari ming ishtirokchidan yarmidan ko’pi ayollar. Afg’oniston va Saudiya Arabistonidan ham delegatsiyalar kelishdi.

AQSh prezidentining maxsus maslahatchisi Ivanka Tramp hamda Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi sammitda so’zga chiqdi.

Ivanka Tramp muvaffaqiyatga erishgan ayol tadbirkorlarni tabrikladi. "Ayollarga e’tibor jamiyatni farovon qiladi", - deydi u.

Mendi Nguyen Vyetnamdan:

“Osiyodagi ayrim jamiyatlarda xotin-qizlarning joyi uyda degan qarash hali ham bor. O’z fikrini bildirishi ayb hisoblanadi. Bu kabi anjumanlar ayollarning kuchini, salohiyatini namoyish etadi”.

Ivanka Tramp deydiki, rivojlanayotgan mamlakatlarda ayollar egalik qiluvchi kichik va o’rta bizneslarning 70 foizi kredit olishga qiynaladi. Bir tadqiqotga ko’ra, erkak va ayollarni teng imkoniyatlar bilan ta’minlash jahon yalpi ichki mahsulotini ikki foizga oshirishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG