Breaking News

Biznes olamida yetakchi ayollar


AQShning “Fortune” jurnali dunyodagi eng qudratli va nufuzli ayollar ro’yxatini chop etdi. “General Motors” va “Pepsi” kompaniyalari rahbarlari qatorida bu yilgi ro’yxatda ilk bor xorijda tug’ilgan ispanzabon ayol ham bor.

“Fortune” jurnali muqovasida Indra Nuyini ko’rasiz. “Pepsi” rahbari eng nufuzli 50 ayol reytingida ikkinchi o’rinda. 61 yoshli hindistonlik-amerikalik sof daromadi bo’yicha dunyodagi ikkinchi eng yirik oziq-ovqat va ichimlik biznesini boshqaradi.

Muvaffaqiyat kaliti, deydi u, o’zgaruvchan biznes muhitga moslashishda.

"Pepsi" kompaniyasi rahbari Indra Nuyi
"Pepsi" kompaniyasi rahbari Indra Nuyi

“Bizga o’xshagan kompaniyalar mijozining istak-xohishlarini juda yaxshi tushunadi. Tovar xaridorgir bo’lishi, odam ko’p o’ylab o’tirmasdan sotib olishi kerak. Bunga erishishning yo’llari ko’p. Bozor o’zgarib borayotgan bu zamonda imkoniyatlar ham, qiyinchiliklar ham talay”, - deydi Indra Nuyi.

“Pepsi” rahbari oldingi reytinglarda ham baland pog’onani egallagan. Birinchi o’rinda esa Meri Barra - “General Motors” kompaniyasi ijrochi direktori.

Nufuzli ayollar ro’yxatida 13-o’rinda Geysha Vilyams. Kaliforniyadagi eng yirik kommunal xizmatlar kompaniyasini boshqaradi.

“Men bosib o’tgan yo’l xorijda tug’ilgan, ingliz tilini o’rganib orzu bilan Amerikaga kelgan muhojirlarni ruhlantiradi deb o’ylayman. Bu mamlakatda orzuga erishsa bo’ladi”, - deydi Kubada tug’ilib o’sgan tadbirkor.

"General Motors" avtokompaniyasi ijrochi direktori Meri Barra
"General Motors" avtokompaniyasi ijrochi direktori Meri Barra

Ro’yxatning 40-pog’onasida “IBM” kompaniyasi vitse-prezidenti - Brijet Van Kralingen.

“Hozir yangi bir texnologiya ustida ishlayapmiz. Oziq-ovqat xavfsizligi bilan bog’liq vaziyatlarni bir necha soniyada aniqlab beradi. Hozirgi kunda buni aniqlash uchun 6 kun ketyapti. Tasavvur qiling, qancha kasallik va isrofgarchilikning oldini olgan bo’lamiz”, - deydi u.

Axborot texnologiyasi, kommunal xizmat, oziq-ovqat va savdo - ayollar yetakchilik qilayotgan sanoatlar xilma-xil.

“Reyting tuzilayotganda kompaniya daromadi, bozordagi ulushi, raqamlar yildan yilga qanchalik o’zgarib borayotganini hisobga olamiz. Ammo yetakchilarning obro’-nufuzini o’lchash biroz qiyin”, - deydi “Fortune” jurnali xodimi Mishel Levrem.

Lotin-amerikalik tadbirkor ayol reytingdan ilk bor joy oldi. “Home Depot” xo’jalik mollari do’konlari vitse-prezidenti Ann-Mari Kembel - ro’yxatda yagona afro-amerikalik.

Xalqaro hayot - 12-oktabr, 2017
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:18 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG