Breaking News

AQShda otishmalar ketidan yana qonunlarni o’zgartirish talablari yangramoqda


AQShda otishmalar ketidan eski tortishuvlar boshlandi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:39 0:00

Qurol erkin sotiladigan Qo’shma Shtatlarda navbatdagi ommaviy otishma. Jorjiya va Korolaro shtatlaridan o’nlab odam halok bo’ldi. Prezident Jo Bayden qonunlarni qayta ko’rib chiqishga chaqirmoqda.

Kolorado shtatidagi supermarketda ro’y bergan otishmada 10 kishi halok bo’ldi. Undan oldin Jorjiyada qatliom sodir etilgan edi. Oq uyda yana bayroqlar tushirilgan.

Bayden Kongressdan zudlik bilan chora ko’rishni so’ramoqda. Rivojlangan mamlakatlar orasida qurolga egalik bo’yicha eng kam cheklovlar Amerikada ekani sir emas.

“Hujumkor qurollar va katta sig’imli o’qdonlarni taqiqlay olamiz”, - deydi prezident.

1994-yilda AQSh Kongressi hujumkor qurollarni 10 yilga taqiqlagan edi. Qonun 2004-yilda kuchini yo’qotgan va respublikachilarning qarshiligi sababli yangilanmagan. Ikki partiya orasidagi kelishmovchilik Senat tinglovida namoyon bo’ldi.

“Har bir ommaviy otishmadan so’ng demokratlar qonunga bo’ysinuvchi fuqarolardan qurollarni tortib olishni taklif qiladi”, - deydi respublikachi senator Ted Kruz.

Bayden Senatni qurol xaridorlarini obdan tekshirishga qaratilgan qonun qabul qilishga undadi. Bunday qonun palatada allaqachon ovozdan o’tgan.

“Xaridor shaxsini tekshirish, o’z joniga qasd qilish holatlari va nafratga asoslangan jinoyatlarni bartaraf etish, qurolni uyda xavfsiz saqlash va oilaviy zo’ravonlik qurbonlarini himoya qilishga doir qonunlarni qabul qilishga qodirmiz”, - deydi demokrat senator Richard Blumental.

Jo Bayden saylov kampaniyasi paytida bunday jinoyatlarni kamaytirishga va’da bergan edi, biroq hozirda asosiy e’tibor immigratsiyada va 3 trillion dollarlik infratuzilma loyihasida.

Avvalgi demokrat prezidentlar, jumladan Barak Obama, 2012-yilda qurol nazoratini kuchaytirishga harakat qilgan edi. O’shanda maktabda 27 kishi, jumladan 20 bola otib o’ldirilgan.

Qurollar sotuvda
Qurollar sotuvda

Konstitutsiyaga kiritilgan ikkinchi o’zgartirishga binoan fuqarolarda qurolga egalik huquqi bor. Qurol lobbisi ham kuchli, qonunlarni o’zgartirish oson emas.

“Kongressdan biror qonun o’tsa ham, qurol qo’ldan qo’lga o’tayotganda odamlarni tekshirish, internet orqali savdoni taqiqlash, tizimdagi nuqsonlarni bartaraf etishga qaratilgan bo’ladi”, - deydi Dyuk universiteti professori Darrel Miller.

Dunyo bo’ylab fuqaro qo’lidagi qurollarning 45 foizi amerikaliklar hissasiga to’g’ri keladi. Har 100 kishiga 120 dona qurol.

AQShda qurol zo’ravonligi natijasida o’lim darajasi ham eng yuqori. 2019-yilda qurol bilan bog’liq hodisalarda 40 ming kishi nobud bo’lgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG