Minnesotada qizamiqqa chalingan bolalar soni oshgan

  • Amerika Ovozi

AQShning Minnesota shtatida 75 dan ortiq odam qizamiqqa chalindi. Ko’pchiligi bolalar. Bemorlarning deyarli hammasi emlanmagan. Bunday holat dunyodagi har ikki davlatdan birida uchraydi. Shuning uchun ham shifokorlar har bir bolaning virusli kasalliklarga qarshi emlanishi kerakligini qat’iyan tavsiya qiladi.

Ko’pchilik qizamiqni bolalarda uchraydigan odatiy kasallik, ya’ni qichish, isitma bilan o’tib ketadi deb o’ylashadi. Shifokorlarning fikri esa tamoman boshqacha.

"Qizamiq oddiy kasallik emas. Agar epidemiyasi boshlansa, ko'p odamlar sog’lig’i jiddiy xavf ostida qoladi", - deydi Milliy Tibbiyot institutidan doktor Entoni Foki.

Qizamiq miya shikastlanishiga sabab bo'lishi mumkin. Oqibatda bola ko’r yoki kar bo’lib qo’lishi, hatto nobud bo'lishi mumkin.

"Vaksina yaratilishidan oldin AQShda yiliga 500 ga yaqin bola hayotdan ko’z yumardi, 50 ming bola shifoxonaga yotqizilardi", - deydi Beylor Tibbiyot institutidan doktor Pyotr Xotez.

Bemorlarning aksariyati ikki haftada oyoqqa turib ketadi.

"Amerikada ham qizamiqqa chalingan bolaning immuniteti ma’lum vaqtgacha tushib ketadi, organizm zaiflashib, infeksiyaga moyil bo'lib qoladi”, - deydi doktor Flaviya Bustreo.

Qizamiq havodan yuqadi. Yo’talish, aksirishning o’zi kifoya. Bir bemor bir aksirishda 18 tagacha odamga yuqtirishi mumkin. Ular esa o'z navbatida boshqalarga. Shu tariqa virus tez tarqaydi.

Uni yuqtirgan odamlarning 90 foizi bemorlashadi, agar emlanmagan yoki bu kasalga oldin uchramagan bo'lsa. Qizamiq virusi eshik tarmog'i, stol va boshqa mebelda ikki soatgacha tirik turadi. Qo'l tegsa, kasallanish turgan gap.

"Qizamiq nihoyatda yuqumli. Kasallangan bolalarning esa ahvoli juda og’ir", - deydi bolalar shifokori Xoup Skot.

Burun oqishi, yo’tal, isitma va ketidan tanadagi qizil toshmalar qizamiqning ilk alomatlari hisoblanadi. Amerika Pediatriya akademiyasi shifokorlarga farzandlarining emlanishini xohlamaydigan ota-onalar bilan muloqot qilishni tavsiya qiladi.

Virjiniya Bolalar tibbiyot markazidan doktor Xoup Skotning aytishicha, uning klinikasi ota-onalarga kechroq emlash dasturini taklif etadi.

"Ota-onalar bilan bola ikki yoshga to'lgunga qadar aloqada bo'lamiz. Agar shu payt ichida bola emlanmasa yoki ota-ona dasturga amal qilmasa, ularni dasturdan chiqaramiz", - deydi doktor Skot.

Qizamiqning oldini olishning eng yaxshi yo’li vaksinaning ikki dozasini berish. AQSh Yuqumli kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi birinchi dozani bir yoshda, ikkinchisini 4 yoshdan 6 yoshgacha oraliqda olishni tavsiya etadi. Har ikkala doza o’z vaqtida olinganda tanada qizamiqqa qarshi 97 foiz himoya hosil bo’ladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG