Breaking News

"Inson huquqlari kunida ruhiy kasalmandlarni unutmaylik"


"Inson huquqlari - hamma uchun"
"Inson huquqlari - hamma uchun"

Bugun - Inson huquqlari kuni. Xalqaro maydonda keng nishonlanadigan bu ayyomda BMT qoshidagi Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkiloti e’tiborni ruhan kasalmand odamlarga qaratmoqda.

Ular uchun sharoitni yaxshilash kerak, tibbiy muassasa va xizmatlarni rivojlantirib, bu sohaga ko’proq mablag’ ajratish lozim, deydi Mishel Fank, tashkilotning yetakchi eksperti.

BMT Inson Huquqlar Deklaratsiyasida qayd etilganidek: har bir inson, elati va kelib chiqishi, jismoniy holati va jinsidan qat'iy nazar, uzviy huquq va erkinliklarga ega.

Dunyoning ko’plab mamlakatlarida “jinnixonalar” eng kam e’tibor beriladigan dargohlar.

Ruhan kasal odamlar ham huquqqa ega
Ruhan kasal odamlar ham huquqqa ega

"Minglab insonlar u yerda och-nahor, biror tibbiy yordamsiz yashayotgani ma’lum. Kasalxonalar iflos, eskirgan, zarur vositalar bilan ta’minlanmaydi", - deydi Mishel Fank.

Gap bu yerda inson hayoti, erkak va ayol, yosh va qari haqida ketmoqda. Psixiatriya sohasi yetuk xodimlarga muhtoj. Deyarli har bir jamiyatda shu muammoga guvohmiz, deydi mutaxassislar.

Bu yil inson huquqlari kunida repressiyaga qarshi kurash asosiy mavzu.

BMT Inson huquqlari komissari Navi Pillay deydiki, arab dunyosidagi o'zgarishlar huquq va xavfsizlik yonma-yon turishini ko'rsatmoqda, ya'ni erkinlik - barqarorlik garovi.

Bu yil, deydi komissar, inson huquqlari uchun kurash keng tus olgan davr bo'ldi.

"Tunis, Qohira, Madrid, Nyu-York va yana yuzlab shahar va qishloqlarda, butun yer yuzi boy'lab oddiy odamlar bosh ko'tardi. Ular haqqini talab qildi. Iqtisod va siyosat har bir inson manfaati uchun xizmat qilsin, demoqda ular. Siyosiy erkinlik, qo'rquvsiz yashash va farovon hayot uchun imkoniyat so'ramoqda ular", - deydi BMT rasmiysi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG