Breaking News

AQShning sobiq prezidenti Jimmi Karter xotirasiga

Mamlakatning 39-prezidenti Jimmi Karter 29-dekabr kuni 100 yoshida vafot etdi. Oq uy rahbari Jo Bayden hukumat darajasidagi dafn marosimi 9-yanvar kuni o'tishini e'lon qildi. Shu sanada AQSh bo'ylab motam kuni e'lon qilingan. Federal idoralar va jamoatchilik binolarida mamlakat bayroqlari motam ifodasi sifatida 30 kun davomida yarim bo'yiga tushirib qo'yiladi. Sobiq prezident Jorjiya shtatida o'tgan yil 96 yoshida vafot etgan rafiqasi Rozalin Karter qabri yoniga dafn etiladi.


Ko'proq...

XS
SM
MD
LG