82 yoshli Prezident Jo Bayden Oq uydagi so'nggi kunlarida Amerika xalqiga uning boshqaruvi davrida erishilgan yutuqlarni eslatmoqda.
"To'rt yil oldin qishda faoliyatimni boshlaganimda cheksiz sinovlar va cheksiz imkoniyatlar ichida edik. Asrimizning dahshatli pandemiyasi va iqtisodiy inqirozida, shuningdek, demokratik jihatdan misli ko'rilmagan og'ir damlarda edik", - deydi Bayden Oq uydan Amerika xalqiga oxirgi murojaatida.
"Lekin biz xalq va davlat sifatida ularni yengdik. Biz bu mashaqqatlardan kuchliroq, farovonroq va xavfsizroq holatda chiqdik".
"Iqtisodimiz bugun eng mustahkam shaklda, chunki bizning davrimizda 16,6 million ish o'rni yaratdik. Maoshlar oshdi, inflyatsiya esa pasayishda davom etmoqda",- deydi Bayden.
Baydenga ko'ra, Amerika shaharlari, qishloqlari va qabilaviy hududlarida sharoit yaxshilangan. Ishlab chiqarish kengaygan. AQSh ilm-fan va innovatsiyada ham odinda, deydi prezident.
Muddati bitayotgan rahbar deydikil, uning prezdientligi davrida dodir-darmon arzonlashgan, ayniqsa nafaqaxo'rlar va urush faxriylari uchun.
Bayden deydiki, uning boshqaruvi hatto qurol nazoratini ham kuchaytirishga muvaffaq bo'lgan.
Saylovoldi so'rovlarida, xususan qayta saylanish uchun kampaniya olib borayotgan paytda amerikaliklar Bayden aynan shu sohalarda tanqid qilgan va AQShda hayot qimmatlashganida uni ayblagan. O'tgan yoz Oq uy uchun poygadan chiqib, o'rniga Vitse-prezident Kamala Harrisni taklif qilganida ham har ikkisi respublikachilar nazarida ishini eplay olmayotgan edi.
Bayden yarim asrdan oshibdiki, katta siyosatda. Pensilvaniya shtatida ulg'aygan prezident keyinchalik Delaver shtatiga ko'chgan va u yerdan Senatga saylangan. Kasbiy faoliyati 36 yil davomida u yerda, keyin Oq uyda vitse-prezident, so'ngra esa prezident sifatda kechdi.
"50 yildan oshdiki, sizning xizmatingizdaman va sizdan faqat mehr va quvvatlov oldim. Buning uchun behad minnatdorman", - deydi Bayden.
"Hammasi sizning qo'lingizda. Qudrat sizniki. Amerika degan g'oya, tushuncha sizning qo'lingizda. O'zimizga ishonch, kimligimiz bizni ushlab turadi. Biz Amerika Qo'shma Shtatlarimiz va biz xohlasak, qila olmaydigan narsamiz, erisha olmaydigan muvaffaqiyatimiz yo'q".
Bayden qayd etishicha, quyidagilar uning prezidentligidagi eng ulkan yutuqlari:
- COVID-19 pandemiyaning tugatish;
- Pandemiyadan keyin iqtisodni tiklash;
- Sog'liqni saqlash uchun 160 milliard dollar sarmoya;
- Restoran va kafelar qayta ochilishi uchun 28 milliard dollardan ziyod yordam;
- Ishsizlikni 4 foizga tushirish va undan pastda ushlab turish;
- 16,6 million ish o'rni yaratish;
- Afro-amerikaliklar, lotin amerikaliklar, ayollar, veteranlar va ozchilikdagi boshqalar uchun mehnat imkoniyatlari ochish;
- Oilaviy boylikning o'rtacha 37 foizga oshishi;
- 21 million yangi kichik bizneslar;
- Infrastrukturani yangilash uchun qariyb 600 milliard dollar ajratilishi va buning evaziga kamida 72 ming inshoot qurilishi yoki ta'mirlanishi;
- Ilm-fanni rivojlantirish uchun milliardlab dollar ajratilishi;
- Inflyatsiya darajasining tusha boshlashi;
- Toza energiya manbalari uchun 470 milliard dollardan oshiq ajratilishi;
- Zaharli moddalarni havoga chiqarishni 2030-yilgacha 50 foiz, 2035-yilgacha 60 foizga tushirish uchun choralar ko'rish;
- 2023-yilda 3,4 million oila energiya iste'molida 8,4 milliard dollar ayagan;
- Ilg'or texnologik uskunalar uchun 450 milliard dollarga yaqin sarmoya;
· Kasb-hunar o'rgatishni mamlakat bo'ylab sistematik yo'lga qo'yish;
- Kasaba uyushmalari ta'siri oshishi uchun imkoniyatlar;
- Sohama-soha maoshlar ko'tarilishi uchun federal choralar;
- Amerikada ishlab chiqarishni kengaytirish, "Made in America" targ'iboti va amaliyoti;
- Yangicha soliq siyosati, "adolatli soliq" tartibi;
- Uy sotib olish va ijaraga to'lashda ko'mak dasturlari;
- Iqtisodiy raqobat va adolatni ta'minlash uchun choralar;
- AQShning global liderlik rolini kuchaytirish;
- Ittifoqchilar bilan strategiik hamkorlikni oshirish;
- Afg'onistondagi urushni yakunlash;
- Ukrainani quvvatlash, unga bostirib kirgan Rossiyani jazolash;
- NATOni mustahkamlash va kengaytirish;
- Xitoy bilan raqobatda ustunlikni ushlab turish;
- Xitoydan xavfsiragan davlatlarga yordamni oshirish;
- Afrika bo'ylab Amerika strategiyasini yangilash va ko'makni effektivlashtirish;
- Xorijda qamab qo'yilgan 75 nafardan oshiq amerikalikni ozodlikka chiqarish va vatanga qaytarish;
- Isroil himoyasi uchun koalitsiya tuzish va HAMASga qarshi urushda uni quvvatlash;
- Terrorist yetakchilarni yo'q qilish, jumladan al-Qoida, "Islomiy davlat" va boshqa guruhlarning liderlarini o'ldirish;
- Sun'iy intellektda Amerika boshchiligini ta'minlash va bu yo'nalishda milliardlab dollarlik sarmoya;
- Yuqumli kasalliklarni bartaraf etish uchun xalqaro hamkorlikni kengaytirish;
- Xotin-qizlar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, ularning rolini oshirish;
- xalqaro birdamlikni oshirish, sammitlar va forumlar - mamlakatma-mamlakat, mintaqama-mintaqa va qit'ama-qit'a hamjihatlik va integratsiya targ'iboti;
- terrorizmga qarshi choralarni kuchaytirish, strategik sheriklar bilan yangi dasturlar;
- Ukrainani quvvatlash bilan birga erkinlik va demokratiya uchun kurashish;
- 50 dan oshiq davlat bilan koalitsiya shakllantirib, mustaqillik, suverenitet va hududiy yaxlitlikni himoya qilish;
- Rossiyaning muzlatilgan mablag'laridan Ukraina uchun 50 milliard dollarni ajratish;
- Yaqin Sharqda Isroil va boshqa ittifoqdoshlar manfaati uchun harakat;
- Eronga qarshi birga choralar ko'rish;
- Falastin ahliga yordamni davom ettirish;
- Davlat xavfsizligini ta'mnlashda texnologiyaga yangicha yondashuv;
- Amerikaliklarning shaxsiy ma'lumotlari himoyasini kafolatlash uchun choralar;
- Muqobil energetik manbalarni rivojlantirish;
- Atrof-muhit himoyasini sanoatma-sanoat oshirish;
- Transport tizimlarining toza yonilg'iga o'tishini tezlashtirish;
- Avtosanoatni isloh qilish;
- Suv va yerni asrab-avaylash;
- Uylar, ta'lim maskanlari va aholi uchun har joyda energetik xarajatni kamaytirish;
- Iqtisodiyotni yashillashtirishni tezlashtirish;
- Har bir sektorda yashillikka o'ta boshlash;
- Global miqyosda yashillikni targ'ib qilish;
- AQShda birdamlik sari 400 dan oshiq yangi qonun;
- Giyohvandlikka qarshi kurash, sog'lom hayot uchun choralar;
- Reproduktiv salomatlik uchun sarmoya;
- Kiber xavfsizlikni ta'minlash uchun choralar;
- Tabiiy ofatlarga qarshi yangicha choralar;
- Noqonuniy immigratsiyaga qarshi kurashni yangilash;
- Chegaralarni mahkamlash;
- Ta'limga va mehnat sharoitini yaxshilashga sarmoya;
- Gender tenglik targ'iboti;
- Adliya tizimida islohotlar;
- Oliy sud islohotiga undash.