Breaking News

Inauguratsiya tarixi: AQSh prezidentlari qanday qasamyod keltiradi?

Amerikada inauguratsiyalar tarixi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:29 0:00

Donald Tramp 20-yanvardan boshlab AQShning 45-prezidentiga aylanadi. Kapitoliy binosi oldida qasamyod keltirar ekan, butun dunyoning e'tibori unda bo'ladi. AQShda hokimiyat o'zgarishi tarixiy an'ana bo'lib, siyosiy o'zgarishlarning tinch yo'l bilan ro'y berishi ramziga aylangan.

Qasamyod marosimi bu davlatning paydo bo'lish tarixiga borib taqaladi. Prezident inauguratsiyasi eski davr tugab, yangi tarixning boshlanishini anglatadi. Yaxshi kunlarda ham, yomon kunlarda ham.

1933-yili Franklin Ruzvelt "Buyuk depressiya" davrida hokimiyatga kelgan edi.

"Avvalo, shuni aytib qo'yayki, biz qo'rqadigan yagona narsa bu qo'rquvning o'zidir", - degan edi u.

1961-yili Jon Kennedi amerikaliklarning yangi avlodini vatanparvarlikka undadi.

"Vatan siz uchun nima qilganini emas, siz vatan uchun nima qila olishingizni so'rang", - degan edi u.

Oradan 20 yil o'tib respublikachi Ronald Regan Oq uyga hukumatni isloh qilish va'dasi bilan keldi.

"Hozirgi inqirozda hukumat muammoning yechimi emas. Hukumat muammoning o'zidir", - degan edi u.

Saylovdagi g'alabasi ketidan Donald Tramp g'alaba safarini uyushtirib, bergan va'dalarining ustidan chiqishini yana bir bor ta'kidladi.

"Yashash juda zavqli bo'lgan bir palladamiz. Tarix hali yozilmagan. Ertaga u qanday bo'lishini bilmaymiz. Lekin anchadan beri ilk bor bilayotgan narsamiz shuki, tarix sahifalarini endi sizlar, har biringiz yozasiz. Bu shunday bir harakat", - dedi Tramp.

Tramp g'alabasi ortidan jamiyat bo'lindi. Yangi prezident oldidagi eng muhim vazifalardan biri birdamlikni kuchaytirish, deydi tahlilchi Jon Fortye.

"Uning prezident sifatida mamlakatga aytadigan birinchi gaplari "saylov kampaniyasi paytidagi tafovutlar ortda qoldi" degan so'zlar bo'lishi kerak", - deydi u.

Tarixan prezident inauguratsiyasi demokratiya va qadriyatlarni davom ettirish ruhi ostida o'tadi, deydi yana br tahlilchi Jon Xudak.

"Prezident Obama Tramp bilan Oq uydan Kapitoliyga bir mashinada keladi va hokimiyatni unga topshiradi. Hokimiyatga o'zi istamagan odam kelgan bo'lsa ham, uning qasamyod keltirishini kuzatadi. Dunyoda hamma joyda ham shunday emas va bu AQShdagi muhim qadriyat", - deydi u.

Tramp o'z chiqishlarida tayyorgarliksiz gapirishi bilan tanilgan. Inauguratsiyada ham shunday bo'ladimi? Oldindan bilish qiyn, deydi Norm Ornstayn.

"Inauguratsiya nutqi, odatda, oldindan yozilgan bo'ladi. Prezidentlar uni o'qib beradi. Tramp matndan voz kechib, o'zi gapiradimi? Buni oldindan bilmaymiz", - deydi tahlilchi.

Trampning prezidentlikka kirishish paytida o'qiydigan nutqidan uning qanday rahbar bo'lishini anglash mumkin, deydi ba'zi kuzatuvchilar.

Inauguratsiya kuni: 20-yanvar, 2017

1/45
To'liq holda ko'ring Show less
2/45
To'liq holda ko'ring Show less
3/45
To'liq holda ko'ring Show less
4/45
To'liq holda ko'ring Show less
5/45
To'liq holda ko'ring Show less
6/45
To'liq holda ko'ring Show less
7/45
To'liq holda ko'ring Show less
8/45
To'liq holda ko'ring Show less
9/45
To'liq holda ko'ring Show less
10/45
To'liq holda ko'ring Show less
11/45
To'liq holda ko'ring Show less
12/45
To'liq holda ko'ring Show less
13/45
To'liq holda ko'ring Show less
14/45
To'liq holda ko'ring Show less
15/45
To'liq holda ko'ring Show less
16/45
To'liq holda ko'ring Show less
17/45
To'liq holda ko'ring Show less
18/45
To'liq holda ko'ring Show less
19/45
To'liq holda ko'ring Show less
20/45
To'liq holda ko'ring Show less
21/45
To'liq holda ko'ring Show less
Trump Inauguration
22/45 Trump Inauguration
To'liq holda ko'ring Show less
23/45
To'liq holda ko'ring Show less
24/45
To'liq holda ko'ring Show less
25/45
To'liq holda ko'ring Show less
26/45
To'liq holda ko'ring Show less
27/45
To'liq holda ko'ring Show less
28/45
To'liq holda ko'ring Show less
29/45
To'liq holda ko'ring Show less
30/45
To'liq holda ko'ring Show less
31/45
To'liq holda ko'ring Show less
32/45
To'liq holda ko'ring Show less
33/45
To'liq holda ko'ring Show less
34/45
To'liq holda ko'ring Show less
35/45
To'liq holda ko'ring Show less
36/45
To'liq holda ko'ring Show less
37/45
To'liq holda ko'ring Show less
38/45
To'liq holda ko'ring Show less
39/45
To'liq holda ko'ring Show less
40/45
To'liq holda ko'ring Show less
41/45
To'liq holda ko'ring Show less
42/45
To'liq holda ko'ring Show less
43/45
To'liq holda ko'ring Show less
44/45
To'liq holda ko'ring Show less
45/45
To'liq holda ko'ring Show less
Previous slide
Next slide

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG