Breaking News

Bayden Hindistonda xavfsizlik, iqtisod haqida gaplashmoqda


Jo Bayden safari paytida Hindistonda Amerika kompaniyalari uchun sarmoya muhiti, hind mutaxassislariga AQShda ko’proq imkoniyat yaratish kabi mavzularni ham muhokama qiladi.
Jo Bayden safari paytida Hindistonda Amerika kompaniyalari uchun sarmoya muhiti, hind mutaxassislariga AQShda ko’proq imkoniyat yaratish kabi mavzularni ham muhokama qiladi.
Hindistonga to’rt kunlik safar bilan borgan vitse-prezident Jo Bayden bugun Bosh vazir Manmoxan Singx bilan ko’rishdi.

Savdo-sotiq, iqtisodiy, energetik va harbiy aloqalarni mustahkamlash kun tartibidagi asosiy mavzular.

Obama ma’muriyati diqqatni Osiyo-Tinch okeani regioniga qaratar ekan, Hindiston bu borada ishonchli ittifoqchilardan.

Xususan, Xitoyning harbiy va iqtisodiy qudrati oshib borgani sari Amerika va Hindiston ushbu mintaqada kuchlar muvozanatini saqlab oladigan mamlakatlar sifatida ko’riladi.

Dehlilik tahlilchi C. Raja Mohan nazarida ikki davlatni bog'lab turgan vazifalardan biri ham shu - Vashington va Dehli Osiyoning Xitoy hukmron bir zonaga aylanishidan manfaatdor emas.

"Shu bilan birga, Hindiston faqat Amerikaning ko'rsatmasi bilan ish tutadigan o'lka emas. Maqsad aslida Osiyoda haqiqiy muvozanatni ta'minlash", - deydi u.

Bayden safari paytida Hindistonda Amerika kompaniyalari uchun sarmoya muhiti, hind mutaxassislariga AQShda ko’proq imkoniyat yaratish kabi mavzularni ham muhokama qiladi.

Manmoxan Sing bilan muzokaralar izidan bugun rasmiy Hindiston muxolifati yetakchisi Sushma Svaraj bilan alohida ko'rishib oldi.

Kun boshida u vitse-prezident Hamid Ansariy bilan uchrashib, o'zaro savdo ko'lamini oshirish haqida fikr almashdi. Hozir hamkor bu ikki mamlakatning yillik savdo aylanmasi 100 milliard dollar atrofida.

Payshanba kuni Amerika rasmiysi Singapurga jo’naydi.

Amerika-Osiyo/US Asia focus
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:08 0:00
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG