Breaking News

Bag'dodda ketma-ket portlashlar, 15 kishi o'lgan


Bag'dodda gavjum bozorida yuz bergan portlashlardan keyingi manzara
Bag'dodda gavjum bozorida yuz bergan portlashlardan keyingi manzara

Bugun Iroq poytaxtining bir necha joyida bomba portlagan. 15 kishini hayotdan olib ketgan. 27 kishi jarohatlangan.

Portlashlar Abu G’arib qamoqxonasi yonida boshlangan, keyinroq esa Bag’dodning eng gavjum bozorlaridan biri, Bob al-Sharqiy tumanidagi savdo markazining uch joyi larzaga kelgan.

24-noyabr kuni Basrada yuz bergan portlashlarda 19 kishi o'lgan edi
24-noyabr kuni Basrada yuz bergan portlashlarda 19 kishi o'lgan edi

O’lganlar – mahalliy fuqarolar. Jangarilar qilgan bu ishni, deydi rasmiylar.

Payshanba kuni Basradagi portlashda 19 kishi halok bo’lgan edi.

Amerika barcha qo’shinlarini shu yil oxirigacha olib chiqish taraddudida ekan, Iroqda hukumat xavfsizlikni ta’minlay oladimi degan xavotir hukmron. AQSh yordamni davom ettiradi, ammo tinchlik va barqarorlik yo'lida zarur choralar ko'rish endi Iroq hukumatining bo'ynida, deydi rasmiylar.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG