Afg'onistonda xalqaro tashkilotning olti xodimi o'ldirilgan

  • Amerika Ovozi

Xalqaro qizil xochning uch haydovchisi va besh nafar mutaxassisi haqida gap ketmoqda. Ular Shibirg'on shahri janubiga zarur mol-hol yetkazayotgan payt hujumga uchragan.

"Islomiy davlat" nomli guruh Afg'oniston shimolida Xalqaro qizil xoch qo'mitasining olti nafar mahalliy xodimini o'ldirgan.

Jovjon viloyati rasmiysi Rizo G'afuriyning "Amerika Ovozi"ga aytishicha, voqea Qo'shtepa tumanida ro'y berib, jangarilar xalqaro tashkilotning yana ikki xodimini garovga olgan.

Xalqaro qizil xochning uch haydovchisi va besh nafar mutaxassisi haqida gap ketmoqda. Ular Shibirg'on shahri janubiga zarur mol-hol yetkazayotgan payt hujumga uchragan.

Tashkilot Prezidenti Piter Morer buni fojea deya ta'rifladi.

"Islomiy davlat" guruhi Afg'onistonda joylashib olishga harakat qilib, mamlakat bo'ylab hujumlarga, ayniqsa, shia musulmonlarni qirishga zo'r bermoqda.

Jangari to'da Afg'onistonda amalga oshirgan hamlalar oqibatida tinch aholi orasida o'lganlar soni o'tgan yili avvalgi yillarga qaraganda 10 baravar oshgan. Bu haqda BMT ma'lum qiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG