Amerika Suriyadagi harbiy amaliyotga chuqurroq kirishi mumkin

  • Amerika Ovozi

2014-yilda Jorj Bush nomidagi harbiy kemadan turib jangovar samolyotlar "Islomiy davlat" manzillarini ilk bor bombardimon qila boshlagan edi. Shu paytgacha minglab havo hujumlari amalga oshirildi.

Pentagon Iroq va Suriyada "Islomiy davlat" to'dasini yengish bo'yicha dastlabki rejani Oq uyga yo'lladi. Tramp ma'muriyati bir oy oldin yangi jang strategiyasi ishlab chiqishga ko'rsatma bergan edi.

Loyiha tafsilotlari e'lon qilinmayapti, biroq mudofaa rasmiylarining aytishicha, Amerika Suriyadagi harbiy amaliyotlarga chuqurroq kirishi, Iroqda uzoqroq qolishi mumkin. Jangarilarni havodan o'qqa tutish strategiyaning asosiy qismi bo'lib qoladi, deydi ular.

2014-yilda Jorj Bush nomidagi harbiy kemadan turib jangovar samolyotlar "Islomiy davlat" manzillarini ilk bor bombardimon qila boshlagan edi. Shu paytgacha minglab havo hujumlari amalga oshirildi.

Rasmiylarning aytishicha, kuniga 16 marta havo reydlari o'tkaziladi. Buning uchun F-18 rusumli jangovar samolyotlar qo'llanmoqda. Uchuvchining ishi osonmas.

Amaliyot tunda ham davom etadi. Jangovar kema kapitani nazarida bundan ham ko'proq ish qilinishi mumkin.

Bor kuchimizni ishga solayotganimiz yo'q, deydi kapitan Vill Pennington.

O'rta dengizda AQShning avianosetsi bor ekani nihoyatda qulay, deydi mutaxassislar. Amerikaning jangovar samolyotlari joylashgan bazalar uzoqlik qiladi. Kemadan turib tezroq dushman manziliga yetish mumkin.

Biroq ittifoqchi davlatlarning yordami juda muhim, deya eslatadi harbiylar.

"Turkiya orqali Iroq va Suriyaga parvoz qilamiz. Bu ittifoqchi davlatning havo hududidan foydalana olishimiz katta yordam", - deydi admiral Kennet Vitsell.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG