Breaking News

Fransiya Iroqda harbiy havo hujumlarini boshladi

Peshmerga guruhining ayol jangchilari Sulaymoniyadagi harbiy lagerda mashg'ulotlardan o'tmoqda, 18-sentabr, 2014-yil.
1/5 Peshmerga guruhining ayol jangchilari Sulaymoniyadagi harbiy lagerda mashg'ulotlardan o'tmoqda, 18-sentabr, 2014-yil.
Iroq va Suriyadagi "Islomiy davlat" jangarilariga qarshi xalqaro koalitsiya tuzish jarayoni davom etmoqda. Ko'plab davlatlar o'q-dori va qurollar yetkazish, shuningdek, Iroq va kurd askarlarini harbiy tayyorgarlikdan o'tkazish ishlarida yordam berishga va'da berdi.
Chex va kanadalik askarlar Iroq uchun mo'ljallangan o'q-dorini samolyotga yuklamoqda, Pardubitse aeroporti, Chex Respublikasi, 18-sentabr, 2014-yil.
2/5 Chex va kanadalik askarlar Iroq uchun mo'ljallangan o'q-dorini samolyotga yuklamoqda, Pardubitse aeroporti, Chex Respublikasi, 18-sentabr, 2014-yil.
Iroq va Suriyadagi "Islomiy davlat" jangarilariga qarshi xalqaro koalitsiya tuzish jarayoni davom etmoqda. Ko'plab davlatlar o'q-dori va qurollar yetkazish, shuningdek, Iroq va kurd askarlarini harbiy tayyorgarlikdan o'tkazish ishlarida yordam berishga va'da berdi.
A l&#39;aide de lampes, les délégués de ce bureau de vote situé dans la mairie de la 5e commune de Niamey commencent le dépouillement, le 21 février 2016. (VOA/Nicolas Pinault)<br />
&nbsp;
3/5 A l'aide de lampes, les délégués de ce bureau de vote situé dans la mairie de la 5e commune de Niamey commencent le dépouillement, le 21 février 2016. (VOA/Nicolas Pinault)
 
Iroq va Suriyadagi "Islomiy davlat" jangarilariga qarshi xalqaro koalitsiya tuzish jarayoni davom etmoqda. Ko'plab davlatlar o'q-dori va qurollar yetkazish, shuningdek, Iroq va kurd askarlarini harbiy tayyorgarlikdan o'tkazish ishlarida yordam berishga va'da berdi.
Nemis askari tanklarga qarshi raketa otuvchi quroldan qanday foydalanishni ko&#39;rsatmoqda. Bu qurollar Iroq shimolidagi kurdlarga topshirilishi kutilmoqda, Berlin, 18-sentabr, 2014-yil.
4/5 Nemis askari tanklarga qarshi raketa otuvchi quroldan qanday foydalanishni ko'rsatmoqda. Bu qurollar Iroq shimolidagi kurdlarga topshirilishi kutilmoqda, Berlin, 18-sentabr, 2014-yil.
Iroq va Suriyadagi "Islomiy davlat" jangarilariga qarshi xalqaro koalitsiya tuzish jarayoni davom etmoqda. Ko'plab davlatlar o'q-dori va qurollar yetkazish, shuningdek, Iroq va kurd askarlarini harbiy tayyorgarlikdan o'tkazish ishlarida yordam berishga va'da berdi.
Prezident Obama Floridada AQSh askarlari bilan uchrashib, Iroqqa piyoda qo&#39;shinlar yuborilmasligini ta&#39;kidladi, 17-sentabr, 2014-yil.
5/5 Prezident Obama Floridada AQSh askarlari bilan uchrashib, Iroqqa piyoda qo'shinlar yuborilmasligini ta'kidladi, 17-sentabr, 2014-yil.
Iroq va Suriyadagi "Islomiy davlat" jangarilariga qarshi xalqaro koalitsiya tuzish jarayoni davom etmoqda. Ko'plab davlatlar o'q-dori va qurollar yetkazish, shuningdek, Iroq va kurd askarlarini harbiy tayyorgarlikdan o'tkazish ishlarida yordam berishga va'da berdi.
Previous slide
Next slide

Fransiya jangovar samolyotlari Iroqda jangarilarni o’qqa tutishga kirishdi. “Rafael” rusumidagi samolyotlar Iroq shimoli-sharqidagi Zumar shahrida “Islomiy davlat” guruhining manzilini bombardimon qilgan.

Fransiya yaqin kunlarda havo hujumlari davom etishini bildirmoqda. Bu davlat rahbari Fransua Ollandning aytishicha, Iroqqa piyoda qo’shinlar jo’natilmaydi.

AQSh Kongressi Suriyada murosaga moyil jangarilarni qurollantirib, mashqdan o’tkazishga rozi. Prezident Barak Obamaning aytishicha, qonunchilar bu qarori bilan Qo’shma Shtatlar “Islomiy davlat”ga qarshi kurash yo’lida bir yoqadan bosh chiqarganini namoyish etdi.

Kongressning har ikki palatasi Obama olg’a surgan qonun loyihasini shu hafta ko’pchilik ovoz bilan yoqladi. Obamaning aytishicha, jangarilarga qarshi xalqaro koalitsiya o’sib borayapti.

“40 dan ziyon davlat, xususan, arab mamlakatlari koalitsiyaga qo’shildi. Iroq armiyasini qo’llab-quvvatlab, Bag’doddagi hukumatni mustahkamlash, Iroq aholisiga insonparvarlik yordami eltish kabilar bilan shug’ullanadi bu koalitsiya”, - deydi Obama.

Amerika rahbari Fransiya prezidenti Fransua Ollandning Iroqda jangarilarni havodan nishonga olishda yordamga tayyor ekanini olqishladi. Terrorizmga qarshi kurashda Fransiya kuchli hamkor bo’lib kelgan, dedi Barak Obama.

Amerika shu paytgacha “Islomiy davlat” ekstremist guruhining manzillarini 170 dan ziyod marotaba havodan urib ulgurdi. Suriyadagi harbiy havo kampaniyasi yaqin kunlarda boshlanishi rejada.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

This item is part of
XS
SM
MD
LG