Breaking News

Tinchlik korpusi – Kennedi merosi


Joriy oy AQSh prezidenti Jon Fitsjerald Kennedining Texasda otib o’ldirilganiga 50 yil to’ldi. Uning eng katta yutuqlaridan biri Tinchlik korpusi edi. Bu tashkilot ko’ngillilari dunyoning turli burchaklarida beg’araz xizmat qilib keladi.

Kennedi va Tinchlik korpusi/Nasiba Tohir
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:16 0:00
Yuklab oling

1961-yil 20-yanvar.

“Hamyurtim, vatan men uchun nima qila oladi, deb emas, men vatanga qanday foyda keltiraman, deb so’rang”, - degan edi u.

Prezident Kennedining bu marosimdagi nutqi uning eng katta muvaffaqiyatlaridan biri – Tinchlik korpusini boshlab berdi.

Bu g’oya 1960-yil oktabrida, Kennedining saylovoldi kampaniyasi paytida Michigan universitetiga borganida shakllandi.

Yosh amerikaliklar ishni vaqtincha chetga surib, kambag’al o’lkalarni kezishga, u yerda beg’araz xizmat qilishga jon deb rozi bo’ldi. Tinchlik korpusi - Kennedi uchun ustuvor masalaga aylandi.

“Unga asos solish hayotimdagi eng zo’r davr bo’ldi. Kennedi ishlang, harakat qiling, derdi. Turgani turtgan edi. Olti haftada Tinchlik korpusi rejasini tayyor qildik”, - deydi uning qo'lida maslahatchi bo'lib ishlagan senator Xarris Vofford.

Afrikaga tashrifidan oldin prezident ko’ngillilarning birinchi guruhini Oq uyda mehmon qildi.

“Mamlakatimiz uchun, kengroq ma’noda, tinchlik yo’lida xizmatni boshlashga shay ekaningizdan men va barcha amerikaliklar g’ururlansak bo’ladi”, - degan edi u.

Birinchi ko’ngillilar safga jasorat va qat’iyat bilan qo’shildi. Ayrimlar uchun bu haqiqiy sarguzasht edi. Ulardan biri Barbara Kamara:

“Tinchlik korpusi ko’ngillisi sifatida Liberiyada xizmat qildim. Bu meni, hayotimni o’zgartirib yubordi. Nimaga qodirligimni bildim. Maqsadga erishish muhimligini tushundim. Vazifa aniqmi, uni bajarmaguncha ishlayverish kerakligini o’rgandim”.

Mana 50 yildirki, ko’ngillilar ishidan mamnun:

“Tinchlik korpusi ko’ngillilari ko’pni uddaladi, qancha-qancha odamlar hayotida o’zgarish qildi ular. Qarang, Liberiyaning vitse-prezidenti bugun Tinchlik korpusida xizmat qilgan muallimini eslaydi, yutuqlari, davlat arbobi bo’lgani uchun shu murabbiyga rahmat aytadi”, - deudi Kamara.

Bu xizmat aksariyat volontyorlar hayotida ham burilish qildi, deydi u

“Prezident Jon Kennedi faoliyatida Tinchlik korpusining yaralishi eng salmoqli yutuqlardan bo’lgan. Men boshqalarga tashkilot safiga qo’shilishni tavsiya etarmidim? Albatta! Menga qolsa, maktabni bitirayotgan har bir yigit va qiz xalqaro maydonda ishlab ko’rishi kerak”.

Tinchlik korpusi Jon Kennedining ahamiyatli muvaffaqiyati, deydi senator Harris Vofford:

“Dunyo bo’ylab odamlar “ha, Amerika mana bunday ekan-da, umid baxsh etuvchi, yosh, g’ayratga to’la va hamma narsaga qodir”, deydi. “Biz o’qigan, o’ylagan, umid qilgan Amerika... Bu gaplarning bari rost ekan”, deydi”.

1961-yildan buyon 200 mingdan ziyod amerikalik dunyoning 139 mamlakatida xizmat qilgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG