Breaking News

Kennedi o’limi Amerika jurnalistikasi uchun sinov va saboq bo’lgan

Jon va Jeki Kennedi
1/11 Jon va Jeki Kennedi
1963-yilning 22-noyabrida prezident Jon Kennedi otib o'ldirilgan. Quyidagi suratlar bugungi xotira marosimlaridan...
Jon Kennedi
2/11 Jon Kennedi
1963-yilning 22-noyabrida prezident Jon Kennedi otib o'ldirilgan. Quyidagi suratlar bugungi xotira marosimlaridan...
1963-yil, 22-noyabr
3/11 1963-yil, 22-noyabr
1963-yilning 22-noyabrida prezident Jon Kennedi otib o'ldirilgan. Quyidagi suratlar bugungi xotira marosimlaridan...
Kennedi qizi Karolin bilan, 1963
4/11 Kennedi qizi Karolin bilan, 1963
1963-yilning 22-noyabrida prezident Jon Kennedi otib o'ldirilgan. Quyidagi suratlar bugungi xotira marosimlaridan...
Jon Kennedi ukasi Robert bilan, 1960
5/11 Jon Kennedi ukasi Robert bilan, 1960
1963-yilning 22-noyabrida prezident Jon Kennedi otib o'ldirilgan. Quyidagi suratlar bugungi xotira marosimlaridan...
Oq uy
6/11 Oq uy
1963-yilning 22-noyabrida prezident Jon Kennedi otib o'ldirilgan. Quyidagi suratlar bugungi xotira marosimlaridan...
Arlington qabristoni, Kennedi qabri
7/11 Arlington qabristoni, Kennedi qabri
1963-yilning 22-noyabrida prezident Jon Kennedi otib o'ldirilgan. Quyidagi suratlar bugungi xotira marosimlaridan...
Dallas, Texas - Kennedi otib o'ldirilgan joy
8/11 Dallas, Texas - Kennedi otib o'ldirilgan joy
1963-yilning 22-noyabrida prezident Jon Kennedi otib o'ldirilgan. Quyidagi suratlar bugungi xotira marosimlaridan...
Jonn Kennedining nabirasi
9/11 Jonn Kennedining nabirasi
1963-yilning 22-noyabrida prezident Jon Kennedi otib o'ldirilgan. Quyidagi suratlar bugungi xotira marosimlaridan...
Kennedilar oilasi marhum prezident qabri yonida
10/11 Kennedilar oilasi marhum prezident qabri yonida
1963-yilning 22-noyabrida prezident Jon Kennedi otib o'ldirilgan. Quyidagi suratlar bugungi xotira marosimlaridan...
Dallas, Texas
11/11 Dallas, Texas
1963-yilning 22-noyabrida prezident Jon Kennedi otib o'ldirilgan. Quyidagi suratlar bugungi xotira marosimlaridan...
Previous slide
Next slide
Bundan 50 yil avval AQShda prezident Jon Kennedi otib o’ldirilganida televideniye endi rivojlanayotgan soha edi. Axborot vositalari yangilikni jonli yoritish qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanini tushunib yetgan o’shanda. Omma uchun ham bu tarixiy saboq bo’lgan.

Kennedining o'limi-Amerika jurnalistikasi-Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:35 0:00
Yuklab oling

Radio muxbiri Bob Xaffaker prezident Kennedining Dallas safari haqida reportaj tayyorlashga borgan, lekin u ishlagan KRLD stansiyasi voqealarni ilk bor jonli efirda yoritgan.

“Ungacha ko’p joylardan material uzatgan edim. Ammo o’sha kuni birinchi marta mobil televizion stansiyadan foydalanganmiz,” - deydi u.

Tongda va oqshomda chiqadigan gazetalar yangilik va axborotning asosiy manbai edi, deya eslaydi “Fort Worth Star-Telegram” muxbiri Bob Shiffer. Kennedi o’limi buni o’zgartirgan.

“Odamlar gazetada o’qiganidan keyingina xabarga ishonardi. Yangilik gazetada chiqqach rasmiy tus olardi. Lekin o’sha mudhish kundan keyin televideniye omma uchun eng muhim manbaga aylandi”.

Prezident Kennedi o’tib o’ldirilgan damdan uning dafn etilishi paytigacha - to’rt kun davomida televideniye orqali fakt ham berildi, taxminlar ham muhokama qilindi, dahshatli suratlar efirga uzatildi, shu jumladan Kennedini o’ldirganlikda gumon qilingan Li Xarvi Osvaldning o’qqa tutilishi namoyish etildi.

Janubiy metodist universitetidan tarixchi-olim Jeffri Engel teletomoshabinlarga ko’plab noto’g’ri ma’lumotlar berilgan, deya eslaydi.

“Tartib yo’q edi. Olinayotgan ma’lumotni tekshirmay efirga uzatish hollari ko’p bo’lgan. Telemuxbir nimani eshitsa efir orqali odamlarga shuni aytgan qo’ygan”.

Hodisalar rivojini kuzatishga harakat qilgan Bob Xaffaker vazminlikni saqlashga uringan.

“Asosiy vazifamiz voqealar haqida xotirjamlik bilan gapirish edi. Axir bizga, o’zimizni qanday tutishimizga butun dunyo qarab turgan o’shanda”.

Aniq ma’lumot topish qiyin edi. Xaffakerning asosiy raqibi, KLIF radio stansiyasidan muxbir Geri Delon qotillikda ayblanayotgan Li Xarvi Osvald haqida Dallas politsiyasidan olingan ma’lumotni efirga uzatgan. U yerda uning ishonchli manbalari bo’lgan.

“Men yo’lakda kofe ichib tursam, politsiya xodimi kelib, bo’layotgan voqealarni aytib berardi. Jamoatchilikka hali bildirilmagan aniq ma’lumot edi. Faqat faktlar,” - deydi Delon.

Ammo o’sha kunlardagi matbuot xabarlarini tahlil qilgan professor Engel bunday ishlashning salbiy jihatlari haqida gapiradi:

“Bugun ham shunday hollar uchrab turadi. Olingan ma’lumot hali tekshirilmay yoki tahlil qilinmay turib keng jamoatchilikka havola etiladi”.

Keyinchalik gazetadan televideniyega ishga o’tib muxbirlikdan asosiy diktorga aylangan Bob Shiffer deydiki, parda ortidagi sahnani ko’rgan odam Kennedi fojeasi paytida televizion jurnalistika qiyin bosqichdan o’tganini tushungan, saboq olgan.

“Shuni anglab yetdikki, bu jarayonda odam o’ziga hurmatni yo’qotishi hech gap emas edi. Muxbirlar bir-birini itargan, baqirgan, qichqirgan. Shovqin-suron. Natijada butun jurnalistika obro’si va unga bo’lgan ishonch yo’qolishi mumkin edi”.

Ammo oqibatda Amerika ommaviy axborot vositalari tarixida birinchi marta jamoatchilik jurnalistlar qanday ishlashini ko’rgan. Aniq va tezkor ma’lumotga talab esa yanada oshgan, deydi Shiffer.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

This item is part of
XS
SM
MD
LG