Breaking News

AQSh davlat kotibi O'zbekiston tashqi ishlar vazirini qabul qildi


AQSh Davlat kotibi Jon Kerri - O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov/Kerry-Kamilov meet
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:02 0:00

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri va O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov... Videoning tarjimasi quyidagi matnda...

12- mart kuni Vashingtonda O’zbekiston va Amerika tashqi ishlar vazirlari muloqot qildi. Davlat kotibi Jon Kerri O’zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovni qabul qildi. Bir necha daqiqalik uchrashuvda, asosan, Afg’oniston bo’yicha hamkorlik, Markaziy Osiyo xavfsizligi, iqtisodiy rishtalar va inson huquqlari masalasi tilga olingan.

Kerri-Komilov muzokaralari, AQSh-O'zbekiston/Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:17 0:00
Yuklab oling
Kerry, Kamilov meet in Washington, 3-12-13
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:45 0:00
Yuklab oling
Victoria Nuland, State Department, on Uzbekistan, March 12, 2013
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:00:20 0:00
Yuklab oling

Komilov bilan muloqot oldidan Jon Kerri shunday dedi:

“Bugun biz xavfsizlik va o’zaro yordam masalasi haqida gaplashib olmoqchimiz. O’zbekiston bizga juda, juda muhim sohada yordamlashmoqda, Afg’onistondagi kuchlarimizga zarur mahsulotlar yetkazib berishda. Shuningdek, bu davlat Afg’onistonda yangi insfrastruktura tizimlari barpo etish, temir yo’llarni yaxshilash hamda elektr toki bilan ta’minlashda ko’maklashayapti. Bugun muhokama qilinadigan yana bir masala – inson huquqlari. Shuningdek, boshqa mavzular ham bor. Tashqi ishlar vazirini olqishlayman va hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiramiz”.

Abdulaziz Komilov:

“Bugungi muzokaralarda siyosiy, iqtisodiy va gumanitar masalalar yuzasidan fikr almashamiz. Albatta, Afg’oniston muammosini muhokama qilamiz. Qo’shma Shtatlar bilan hamkorlik biz uchun muhim va bunday hamkorlik Afg’onistonga tinchlik va barqarorlik olib kelishida va butun Markaziy Osiyo tinch yashashida o’ziga xos rol o’ynaydi”.

O’zbekiston delegatsiyasi uchun AQSh Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizligi kengashi va Kongressda ham uchrashuvlar rejalangan. Toshkentlik mehmonlar orasida Mudofaa va Tashqi savdo singari vazirliklar, Milliy xavfsizlik kengashi va boshqa organlardan vakillar hamda Oliy Majlis a’zolari, xususan, Senatdan Tashqi aloqalar qo’mitasi raisi Sodiq Safoyev va Qonunchilik palatasidan Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari qo’mitasi raisi Akmal Saidov ham bor.

Kecha Saidov O’zbekiston Inson huquqlari milliy markazi nomidan Vashingtonda Notijoriy huquq xalqaro markazi rahbariyati bilan memorandum imzolagan. Unga ko’ra, ikki tashkilot o’zaro hamkorlikni yo’lga qo’yib, fuqaro jamiyati, oshkoralik va ijtimoiy taraqqiyot yo’lida birga ishlaydi.

O’zbekiston elchixonasining bildirishicha, memorandum imzolangani respublika Qo’shma Shtatlar bilan inson huquqlari bobida yaqindan ishlashga harakat qilayotganini anglatadi.

Notijoriy huquq xalqaro markazi - Ozarbayjon, Ukraina, Gruziya va Qirg’iziston singari sobiq sovet davlatlarida fuqaro jamiyatini shakllantirish va bu borada zarur qonunlar qabul qilishda yordamlashib kelayotgan tashkilot. Rossiya, Tojikiston, Qirg’iziston, Qozog’iston, Turkmaniston hamda Afg’onistonda o’z idoralariga ega. Shuningdek, Vengriya, Bolgariya va Iordaniyada ham faoliyat olib boradi.

Konkret maqsad nima? Markaz vitse-prezidenti Nataliya Burjaliyning bayon qilishcha, maqsad - tenglik va milliy qonunchilikka asoslangan holda, mavjud tizimni hurmat qilgan ravishda konstruktiv hamkorlik olib borish.

O’zbekiston va Amerika orasidagi bugungi aloqalarda Afg’oniston markaziy o’rinda. Islom Karimov va uning ma’muriyati oxirgi paytlarda Vashingtondan ko’proq harbiy yordam so’ray boshlagan. Shu kunlarda chegara xavfsizligi uchun bir necha texnik moslama uzatishga qaror qilingan. Lekin Toshkent Vashingtondan qurol-aslaha sotib olish niyatida ekanini ochiq bildirgan. Yaqinda O’zbekistonga safar qilib, prezident Karimov bilan muloqot qilgan AQSh kongressmenlari bu masalani muhokama qilib, Davlat departamenti rasmiylarini savolga tutdi.

AQSh Davlat kotibi muovini, mintaqa bilan aloqalarga mas’ul Robert Bleyk (Robert Blake) deydiki, O’zbekiston jangovar qurol so’rayotgani yo’q va Amerika nazarida Markaziy Osiyoning biror davlatiga nisbatan favquloqqa ektremistik tahdid yo’q. Lekin, deydi u, Vashington O’zbekistondek hamkorlariga chegara xavfsizligini ta’minlash, qoradori savdosiga qarshi kurash singari muhim sohalarda yordam berishi kerak. Obama ma’muriyatining pozitsiyasi shu. O’zbekiston Afg’onistonga zarur yuk tashiladigan Shimoliy Ta’minot Tizimining muhim qismi ekan, kelasi ikki yil ichida Toshkent bilan aloqani buzmaslik kerak.

O’zbekistonga nisbatan Kongressda munosabat turlicha. Demokratlar va respublikachilar orasida Karimovga diktator sifatida qarab, “uning repressiv tuzumi bilan hamkorlik qilish biz uchun sharmandalik” deydiganlar ko’p.

Lekin Kaliforniyadan respublikachi Dana Rorabaker (Dana Rohrabacher) singari kongressmenlar fikricha, O’zbekistondagi vaziyat Amerikaga yoqadimi yo’qmi, bu davlat yordami hozir juda muhim va respublika taklif-iltimoslarini jiddiy qabul qilish kerak.

Kaliforniya shtatidan demokrat qonunchi Bred Sherman (Brad Sherman) esa safdoshi fikrini rad etgan holda, AQSh inson huquqlari targ’ibotiga ko’proq e’tibor qaratib, matbuot va so’z erkinligiga urg’u berishi lozim, deydi.

“Davlatlar bilan hamkorlikdan qanchalik manfaatdor bo’lmaylik, o’z qadriyatlarimizni oyoq osti qilmasligimiz, vijdonan ish tutishimiz kerak”, - deydi Sherman Kongressda o’tgan muhokamada.

Vashingtondagi uchrashuvlar oldidan “Human Rights Watch” inson huquqlari tashkiloti Jon Kerrini O’zbekiston rasmiylari bilan ochiq va vijdonan gaplashishga undadi.

Mamlakatda inson huquqlari bilan bog’liq ahvol xarob va Amerika Islom Karimov va uning ma’muriyatini konkret o’zgarishlar qilishga undashi kerak, deydi Stiv Sverdlov (Steve Swerdlow), Markaziy Osiyo bo’yicha bosh mutaxassis.

Davlat departamenti rasmiylari bunday chaqiriqlarga “biz hamisha ochiq gaplashamiz va inson huquqlari ahvoliga ko’z yumayotganimiz yo’q”, deb javob beradi. Respublikadagi “asl vaziyat bizga yaxshi ma’lum”, deydi diplomatlar.

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan, Vashington, 12-mart 2013
AQSh Davlat kotibi Jon Kerri O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan, Vashington, 12-mart 2013
  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova "Amerika Manzaralari" turkumidagi ilk teledasturlar muallifi. TV, radio va onlayn diktor, prodyuser, muxbir va muharrir. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America and a leading Washington-based authority on geopolitics and national development in Central Asia. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for over 15 years on TV, radio and online. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Masters in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Imamova played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented nearly 800 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari,” which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She is frequently asked to speak on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences, including the U.S. Foreign Service Institute, Princeton University, Columbia University, Johns Hopkins University, Georgetown University, George Washington University, Michigan State University, the University of Wisconsin, Northeastern University, and her alma mater Harvard University. Her essays on the region have been published in journals and edited volumes, including Central Eurasian Studies Review and Demokratizatsiya: The Journal of Post-Soviet Democratization.

    She began her career at the Uzbek state broadcaster. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from Maharaja’s College at the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG