Breaking News

To'ydan o'g'irlangan yazidiy xotin-qizlar


Ushbu hujjatli film “Amerika Ovozi” tashabbusi bilan hayotiy hikoyalar asosida tayyorlangan. Voqealar Luqmon Ahmad chizgan sur’atlar orqali tasvirlangan. Ushbu loyiha “Islomiy davlat” Iroq shimolidagi Kocho qishlog’idan o’g'irlagan yuzlab ayollar taqdirini aks ettiradi.

To'ydan o'g'irlangan yazidiy qizlar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:56 0:00

​“Islomiy davlat” jangarilari Iroqning yazidiylar yashovchi Kocho qishlog’idagi to’ydan yuzlab xotin-qizlarni olib qochdi.

Ayollarning ko’pchiligi to’yda raqs tushayotgandi. Bu hikoya ana shu yazidiy xotin-qizlar taqdiri haqida.

2014-yil, 15-avgust: Kocho qishlog’i, Sinjar, Iroq.

Qishloq oqsoqoli Ahmad Yasoning xonadonida to’y. Uning jiyani Benyan Yaso va uning go’zal qallig’i Nozima bu tantanali damlar qishloq haqidagi eng so’nggi xotiralar bo’lishini bilmas edi. Bu haqda keyinroq alohida to’xtalib o’tamiz.

Yarim tun. Soat ikkilar chamasi. Qishloqda o’q ovozi eshitila boshladi. 19 yoshli Bazi qo’rqib ketdi.

Otishmalar uch kun davom etdi. Uchinchi kuni “Islomiy davlat” jangarilari Yasoning oldiga keldi. Ular qishloq ahli islom diniga kirishini talab qilib, bir necha kungina muhlat berishdi.

Minglab oilalar qo’rqqanidan uy-joylarini tashlab tog’ yon bag’irlariga qochib yashirina boshladi.

Ertasiga Bazining akasi sim qoqdi. Akasi hamma bilan maktabda ekanini, ular ham shu yerga kelishini aytdi. Shu orada jangari mashinalarda kelgan “Islomiy davlat” odamlari maktabni bosib olib ularni guruhlarga ajrata boshladi.

Bir yonda ayollar, boshqa tomonda erkaklar. Keyin xotin-qizlarni yoshiga qarab bo’lib, yoshi katta ayollar va turmush qurmagan qizlarni alohida saralab oldi.

“Yerga choyshab to’shab, shu yerga telefonlarimiz, tilla taqinchoqlar, pul, umuman hamma narsamizni tashlashimizni talab qilishdi. Jangarilar ayol-erkak va yosh-qarini ham ajratib, bizni alohida ushlab turdi”, - deydi 19 yoshli Bazi.

Yazidiy onaxonlarini, yoshi kattaroq ayollarni qayergadir olib ketishdi. O’q ovozi, bo’layotgan baqir-chaqirlardan asirga tushganlar qo’rquv, sarosimaga tushdi.

Bir jangari qo’lida qilich bilan yaqinlasharkan, asirdagi ayollar onalari qayerda ekanligini so’raganda "Aksariyatini otdik, qolganlarining boshini tanasida judo qildik”, - degan javob olishdi.

Bazi yuzlab qizlar orasida Nodiya, Bushra va Noyrani tanib qoldi. Uning ko’z o’ngidan maktab davri xotiralari o’ta boshladi. Ular Nodiya bilan 3-sinfdan beri birga o’qigan edi. Bazi Nodiya bilan o'ynab katta bo'lgan.

Xotiralarga cho’mgan Bazi yuk mashinasi kelib to’xtaganini payqamay qoldi. Uning ovozidan Bazining bolalik o'ylari uchib ketib ko’z o’ngidagi voqe’likka qaytdi.

Mashina ichida “Islomiy davlat” jangarilari bir necha kishini olib ketayotgandi. Ular orasida Ahmad Yaso, qishloq oqsoqoli ham bor edi. Ayollarning hayqirig’i, to’xtovsiz o’q ovozi davom etaverdi...

Nodiya jangarilar o’ldirayotganlar orasida uning olti aka-ukalarini ham otib o’ldirganini ko’rib turardi.

Bazining onasini jangarilar olib ketayotganda qo’lidagi jiyanini Baziga qoldirgandi. Shu bilan Bazining onasini hech kim qaytib tirik ko’rmadi. Bolakay Bazining qo’lida qolib ketdi.

Bazi jangarilar bilan yuzlashganda jiyanini Nodiyaning bolasi deb unga berib yubordi.

Jangarilar Nodiyani avval yosh qizlar guruhiga qo’shgan edi, bolani ko’rib boshqa bir guruhdagi ayollarga qo’shib qo’ydi. Nodiya va yuzlab xotin-qizlarni yarim tunda olib ketishdi. Ular Musulga yo’l oldi.

Bazi biroz o’zini omadli his qilganday bo’ldi.

“Yazidiylar genotsididan omon qolganlardanman…Hozir esa qochoqman.Men kabi orzu-umidlaridan, yaqinlaridan ayrilgan yuzlab qishloqdoshlarim, qaqshagan sinjarliklardan biriman”, - deydi Nodiya.

Nodiya ko’gran- kechirganlarini BMTga dalolat sifatida taqdim etdi.

Jangarilar usha mash’um tunda 700 dan ortiq erkak, 80 ga yaqin yoshi katta ayollarni ajratib olib o’ldirgan. Ular orasida Nodiyaning ham onasi, aka-ukalari qirib tashlangan. Yosh bolalar esa harbiy mashg’ulotlar lageriga olib ketilgan.

Nodiyaning so’zlariga ko’ra, “Islomiy davlat” jangarilari bu bolalar va ayollarni qattiq tahqirlagan, zo’rlagan, azoblagan.

Nodiya va Lamiya
Nodiya va Lamiya

150 dan ortiq yazidiy oilalari qatorida Nodiya ham Musulga olib borilgan. Bu joy sovg’a sifatida almashtirib olib kelingan minglab yazidiylar bilan to’la edi.

Jangarilardan biri Nodiyaga ko’z tashlab qoldi. Lekin Nodiya bahaybat erkakning jirkanj xohishini rad etgani uchun uni rosa do’pposladi.

Bir necha daqiqalardan so’ng, boshqa bir ixchamroq erkak nazariga tushgan Nodiya unga yalina boshlaydi. Kishi esa Nodiyadan dinini o’zgartirishini talab qildi. Nodiya yana rad etganiga qaramay, unga turmushga chiqishini so’raydi. Nodiya kishiga “oy ko’rayotgan”ini aytib uning taklifini keyinga suradi.

Bir necha kundan o’tib, usha kishi Nodiyani yasanib, kiyinib olishini tayinlab ketdi. Usha tunda uni zo’rladi.

Nodiya qochishga uringanida soqchilar tutib olib o’lar holatgacha savalashdi.Keyin esa bir guruh bo'lib hushidan ketguncha zo'rlab, nomusiga tegishdi.

Jangarilar qizlarni jinsiy qul sifatida tortiq etar yoki sotib yuborardi. Buni bilgan qizlar ataylab yuvinmay, ko’rimsiz yurishni afzal bilib sotib olayotganlar nazariga tushmaslikka urinishardi.

“Kochoning 74-farmoni” hujjatli filmi mana shu qizlar savdosini yoritgan.

- “Bizda zo’r “narsa” bor. Qanchaga olasiz shu qizni?
- 1 ta miltiqqa almashaman;
- Qizning ko’zlari ko’k bo’lsa yaxshiroq to’layman, $500 beraman.
- Qizlardan oldingizmi yo’qmi?
- Men va Farrux olmadik hali.
- Ol(?!?), Yazidiy qizlaridan bor. Quling bo’ladi. Eplay olasanmi o’zi?
- Agar 15 yoshli qiz bo’lsa bir ko’ray,u yoq bu yog’ini ko’ray, tishlarini tekshiray, keyin o’ylab ko’raman. Tishlari bo’lmasa nima qilaman?
- Otib tashlaysan!

Keyin jangarilar Nodiya qatori 20 ta qizni Iroqdagi Tel-Afar shahriga olib ketishdi. Bazi 3 yashar jiyani bilan Suriyadagi Raqqa shahriga sotib yuborilgandi. U ikki marta qochishga uringan.

Birinchi marta Bazini sotib olgan xo'jayinning uyidan qochib Halab shahridagi bir xonadon bekasiga yalinib yordam so’raydi.

Xonadon bekasi Bazini uyiga kirgizib, eri kelgunicha kutib turishini aytadi. Baxtga qarshi uyning egasi “Islomiy davlat” tarafdorlaridan biri edi. U hozirgina Bazi qochib ketgan kishi bilan kirib keladi. Bazini yana beshafqatlarcha do’pposlashadi, yana tajovuz ostida qoladi.

"New York Post" gazetasi mana shu voqealar qurboni bo’lgan yana bir qiz, Lamiya Bashar taqdiri haqida yozgan. U to’rtinchi urinishda qochib jon saqlagan.

Portlashlardan bir ko’zi ko’r bo’lib qolgan, yuz terisi erib qattiq chandiqlar orttirgan Lamiya qochib qutula olgani uchun o’zini omadli deb biladi.

Lamiya Bashar
Lamiya Bashar

​U hali hamon jangarilar qo’lida qolgan 9 yoshar singlisidan xavotirda. Qizaloqning “Islomiy davlat” bayrog’i yonida tushgan rasmini amallab ona-onasiga yuborishga muvaffaq bo’ldi.

Kanadaning “Macleans” sayti ham o’g’irlangan qizlar haqida hujjatli film yaratgan. 14 yoshli yazidiy qiz Amira Husaynning chap bilagida “odamlarimizni qaytaring” degan tattuirovka bor. Bo’yniga ukasining fotosur’atini “yuragimga yaqinsan” degan so’zlar bilan medalion qilib osib olgan.

Kunlarning birida 15 yoshli Bushra va boshqa qizlar yuvinib taranib olishi talab qilindi. Ular nima bo’lishini bilardi.

Qizlardan biri yuvinish xonasida bilagini kesib ko’p qon yo’qotish natijasida halok bo’ldi. Bushra bu fojiali kun haqida ko’p so’zlardi.

Yana bir yazidiy qiz, Jaan, hamma erkaklar juma namoziga ketgan paytda qora matoga o’ranib ochiq qolgan darchadan qochib ketdi.

Nodiya, Bazi va yana sanoqli boshqa qizlar ham qochishga muvaffaq bo’lgan. Qolganlarni esa jangarilar bilmagan holda qutqaruvchilarga sotgan. Ular ham omon qolishgan.

Bunday fojiali kunlar odatiy edi. Nasrin uch yil “Islomiy davlat” qo’lida asir bo’lgan, zo’rlangan, tahqirlanib azoblangan. 2014-yil, 9-iyul - Musul ozod qilinishidan bir kun oldingi havo hujumida Nasrin halok bo’ldi. Bazi uni Nozimaning to’yida raqs tushayotganini ko’rgan edi.

Bazi usha mashum to’yni, to’ydagi qizlarni yaxshi eslaydi. Uning aytishicha to’y kuni “Islomiy davlat” jangarilari bostirib kelganda kuyov Benyan Yaso qishloqda emasdi. U omon qolgan. Benyanning qallig’i Nozimani esa boshqa qizlar qatori o’g’irlashgan.

Nozima asirlikda ko’zi yoridi… qiz farzand ko’rdi. Bir necha oy avval u oilasiga Suriyaning Raqqa qishloqlaridan birida ekani haqida xabar bergan. Keyin Nozimadan darak bo’lmadi.

2014-yil, 15-avgust: Kochodagi to’ydagilarning ko’pchiligini “Islomiy davlat” o’ldirdi… Xotin qizlar va bolalar o’girlab ketilgan…

Nodiya Murod hozirgi kunda BMTning inson qadri va odam savdosi bo’yicha huquqlarini himoya qiluvchi faoli.

Lamiya Bashar Germaniyada davolanib Nodiya kabi xalqaro mukofot bilan taqdirlandi.

​Bushra inson huquqlari faoli, Germaniyada.​

Bazi Insonparvarlik dasturi orqali Germaniyada. U sog’lig’ini tiklamoqda.

Minglab qizlar hamon “Islomiy davlat” qo’lida asir.

Kocho qishlog'i
Kocho qishlog'i

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG