Breaking News

Qirg'iziston-O'zbekiston chegarasida bir inson halok bo'lgan

Qirg'iziston askarlari
Qirg'iziston askarlari

Rasmiy xabarlarga ko’ra, 19-avgust kuni Qirgiziston-O’zbekiston chegarasida “kontrabandistlar” deb ta’riflangan guruh ta’qib qilingan paytda O’zbekiston fuqarosi bo’lgan bir shaxs o’ldirilgan.

Botken viloyati Qadamjoy tumani O'rta-Intimoq qishlog'ida yuz bergan voqeada ikki qirg’iz askari ham otilgan toshlar sabab yaralangan.

Qirg'iz chegarachilar qariyb 25 kishidan iborat guruh bilan olishgani aytilmoqda. Ular chegarani buzib o'tgani uchun nishonga olingan. O'zbekistonga noqonuniy ravishda mol olib o'tayotgan bo'lgan, deydi rasmiylar.

Chegarada bunday noxush voqealar yuz berayotgani achinarli hol, deydi “Amerika Ovozi” bilan gaplashgan aholi vakillari.

Qirg'iziston bilan chegarada O'zbekiston fuqarosi halok bo'lgan - Muhiddin Zarif
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:40 0:00
Yuklab oling

  • 16x9 Image

    Muhiddin Zarif

    Qirg'izistondagi jamoatchi muxbir. Siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy mavzularni yoritadi.

XS
SM
MD
LG