Breaking News

Qirg'iz-o'zbek chegarasida savdo qanday?


O'sh bozorlarida
O'sh bozorlarida

Bahor kelishi bilan Qirg’iziston-O’zbekiston chegarasida savdo jonlangan. Janubda, O’sh va Jalol-Oboddagi fojeadan so’ng oldi-sottiga jiddiy putur yetgan edi. Oddiy xalq qo’shnilar bilan bemalol savdo qilaylik, rahbarlar yechim bilan chiqsin, deya so’rab keladi.

Shu kunlarda O’sh voliyat bozorlarida bodring va qulupnoy bahosi ancha pasaygan. Bir kilo bodring 50 qirg’iz so’miga yaqin, ya’ni bir AQSh dollari atrofida. Ushbu mahsulotlarning asosiy qismi qo’shni O’zbekistondan, qisman rasmiy, ko’proq esa aylanma yo’llar orqali keltiriladi.

Aytaylik, mahalliy gul sotuvchilariga ko’ra, turli-tuman gullarning 75-80 foizi ham qo’shni o’lkadan keltirilar ekan.

O’sh viloyatilik qishloq xo’jaligi mutaxassisi Zaynobidin O’rmonov aytishicha, norasmiy ravishda turli dala mahsulotlari, jumladan, gul va hokazolarni olib o’tish ko’pdan mavjud.

Chegarada
Chegarada
“Bu ish bilan bizning Tepa-Qo’rg’onlik qiz-juvonlar ham shug’ullanadi. Hozirda bodring, karam va boshqa poliz mahsulotlari ham chiqayapti u tomondan. Qanday olib chiqiladi bilmayman”, - deydi u.

Ko’p yillar davomida Qirg’izistonning janubiy viloyatlari va O’zbekistonning Farg’ona vodiysi o’rtasida rivojlangan savdo munosabatlariga ko’ra, bir tomon ertaki poliz mahsulotlarini yetkazib bergan bo’lsa, boshqa tomon chorva mahsulotlarini yetishtirishda ixtisoslashgan.

So’ngi yillarda, chegaralar yopilishi sabab, ushbu munosabatlarga jiddiy putr yetgan. Oqibatda hududda pinhona mol olib o’tish keng tarqalgan. Qo’shni tomon qat’iy choralari natijasida kontrabanda keyingi ikki ichida sezilarli kamaygan.

Ayni paytda qirg’izistonlik mutaxassislar ushbu ko’rinish miqyosi hamon katta ekanini ta’kidlashadi. Chegara bo’yida yashovchi aholining ma’lum qismi aynan u tomondan bu tomonga odamlar, turli yuklar o’tkazib qo’yish orqali kun kechiradi.

O'sh bozorlarida
O'sh bozorlarida
Odatda O’zbekistondan mineral o’g’itlar, paxta chig’iti, meva-cheva olib o’tiladi. Qirg’izistondan esa ko’plab miqtorda Xitoy mollari olib ketiladi.

“Oxirgi yilarda chegaradan o’tadigan odamlar ancha bezib qoldi, kelmay qo’ydi. Chegarachilar, bojgirlar qiynab qo’yayapti ularni. Shu bois ko’plab insonlar pinhona yo’llar orqali chegarani o’tishga harakat qilayapti. Masalan, Qora-Suv bozoridan o’zbekistonlik xotin-qizlar yuk olib kelishadi. Biznikilar esa kechki soatlarda o’sha mollarni olib o’tib berishadi. Kunduzi yuklarni olib o’tish judayam qiyin. Kechqurun esa ancha oson. Chegarachilar bilan kelishasiz xolos. Ko’pchilik chegara yaqinida yashovchilar yul tashishadi, odam o’tkazadi – tirikchiligi shu”, - deydi mahalliy aholi vakillaridan biri.

Mahalliy mutaxassislar bir necha yildan buyon savdo munosabatlarini yo’lga qo’yish darkorligini ta’kidlab keladi. Bu o’rinda bir necha xalqaro tashkilotlar ko’magida loyihalar ishlab chiqilgan. Ammo jiddiy siljish sezilmayotir. Faqat bir necha firmagina oldi-berdi qilar ekan.

Yaqinda O’zbekistonning Andijon viloyatiga safar qilgan O’sh viloyati delegatsiyasi, jumladan, an’anaviy savdo munosabatlarini taraqqiy ettirish borasida so’z yuritgan.

“Ikki tomonlama aloqalarni yaxshilash uchun birinchi navbatda viloyat rahbarlari bir-biri bilan bordi-keldilarni rivojlantirishi kerak. Mana, bizning viloyatdan Andijonga borib kelishdi, endi ular kelishini kutayapmiz. Bordi-keldi ko’paysa, munosabatlar ham yashilanadi”, - deydi qishloq xo’jaligi bo'yicha mutaxassis Zaynobidin O’rmonov.

Mahalliy kuzatuvchilarning aytishicha, chegara bo’yi savdosi har ikki mamlakat manfaatlariga javob beradi. Masalan, dehqonlar yetishtirilgan hosilni nes-nobud qilmay, o’z vaqtida yaxshi pullab olish imkoniyatiga ega bo’ladi.

XS
SM
MD
LG