Breaking News

Qirg'iziston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga kirish uchun nima qilishi kerak?


Rossiya, Qozog'iston va Belarus rahbarlari 29-may kuni Ostonada Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi tuzilganini rasman e'lon qildi. Unga Qirg'iziston ham qo'shilishi kutilmoqda.
Rossiya, Qozog'iston va Belarus rahbarlari 29-may kuni Ostonada Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi tuzilganini rasman e'lon qildi. Unga Qirg'iziston ham qo'shilishi kutilmoqda.
Rossiya, Belarus va Qozog'iston ishtirokida tashkil topgan Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi Qirg'izistonda qizg'in muhokamada.

Prezident Almazbek Atambayev davlat shu yil tashkilotga qo’shilishini aytgan. Lekin bu yo’lda Qirg’iziston qator muhim o'zgarishlarni amalga oshirishi lozim.
Qirg'iziston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo'shilish yo'lida, Muhiddin Zarif
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:01 0:00
Yuklab oling

Mahalliy tahlilchilarning aytishicha, Qirg’iziston Boj ittifoqi va endi shakllanayotgan Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga kirishi xususida olg’a surgan deyarli barcha shartlari uzoq va mashaqqatli muzokaralardan so’ng qabul qilingan. Oqibatda Qirg’izistonga bir qator yengilliklar berilgan. Chunonchi, ushbu o’lka iqtisodiyotini Boj ittifoqi talablariga moslashtirish uchun 1 milliard dollarlik qo’ shma Taraqqiyot jamg’armasi tuzilishi ko’zda tutilmoqda. Qirg’iziston chegaralarini mustahkamlash maqsadida, shuningdek, 55 million dollarga teng mablag’ ajratiladi.

O’shlik olim, mahalliy nodavlat tashkilotlardan birining rahbari Bolush Saiyev fikricha, Qirg’izistonning mazkur hamjamiyatga kirishini davrning o’zi, sharoit taqozo etmoqda.

“Qirgiziston uchun bu iqtisodiy birlashmaga kirishdan o’zga yo’l y’oq. Zikr qilingan Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyati ikki qit’ani birlashtiradigan forum. Rossiya, bu tarafdan, Xitoy, Hindiston, Isroil, Turkiya kabi mamlakatlar mazkur hamjamiyatga qiziqish bildirayotganini hisobga olsak, bu birlashmadan chetda qolish Qirg’iziston iqtisodi uchun yakkalanib qolishni anglatadi”, - deydi o’shlik olim Bolush Saiyev.

Suhbatdoshga ko’ra, avvaliga Qirg’izistonga biroz qiyin bo’lishi mumkin. Chunki qonun-qoidalarga o’zgartirish kiritish, kerakli infrastrukturani barpo etish lozim bo’ladi. Ehtimol, boshqaruv tizimida ham o’zgarishlar ro’y beradi. Ishni eng zarur, birinchi galdagi vazifalardan boshlab, bosqichma-bosqich harakat qilish lozim, deydi Saiyev.

“Qirg’iziston mustaqillik yillari davomida iqtisodiy-siyosiy masalalarda ko’p xatolarga yo’l qo’ydi. Masalan, Qumtor oltin koni, energetika sohalarini olaylik. Muhimi, bunday xatolarni takrorlamaslik. Shu bois Qirg’iziston o’z imkoniyatlarini yaxshi hisoblab olishi, birlashmada o’z o’rniga ega bo’lishi joiz. O’lka yirik yerosti zahiralari, suv-energetika boyliklariga ega, ishchi kuchi arzon. Bu afzalliklardan samarali foydalanish darkor”, - deydi mutaxassis.

Iqtisodiy hamjamiyatning muhim tarkibiy qismi bo’lmish Boj ittifoqiga kirish yoki kirmaslik xususidagi bahslar Qirg’izistonda ko’pdan buyon davom etib keladi. Mahalliy kuzatuvchilar nazarida, qizg’in bahs va tortishuvlar oxir-oqibat mamlakat manfaatlarining imkon qadar inobatga olinishiga olib keldi, deydi kuzatuvchilar.

Qirg’izistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi Odiljon Obidov endi shubha-tashvishlarni tashlab, amaliy ishlar bilan mashg’ul bo’lmoq darkor degan fikrda.

Mulozimlar qirg’iz hukumati o’z zimmasidagi vazifani bajargani, endi so’z mamlakat Oliy kengashida ekanini urg’ulaydi. Qirg’iziston parlamenti deputati Anvar Ortiqovning aytishicha, ushbu qonun chiqaruvchi tizimda Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyatiga kirish harakatlariga nisbatan ijobiy munosabat mavjud.

Ko’plab mahalliy kuzatuvchilar fikricha, Qirg’iziston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi tomon salmoqli qadamlar tashlash orqali yangi iqtisodiy bosqichga ko’tarilmoqda.
XS
SM
MD
LG