Breaking News

Qirg'iziston mahalliy saylovlar arafasida, janubda kayfiyat qanday?


Qirg'iziston mahalliy saylovlar arafasida, janubda kayfiyat qanday?
Qirg'iziston mahalliy saylovlar arafasida, janubda kayfiyat qanday?

4-mart kuni Qirg’iziston shahar va tumanlarida, jumladan O’shda ham mahalliy kengashlar uchun saylovlar boshlanadi.

O’sh shahar kengashida bu yil 45 o’rin mavjud bo’lib, deputatlikka sakkiz partiyadan qariyb 700 kishi da’vogarlik qilmoqda.

O’shlik qalamkash Saltanat Fayzullayeva saylovoldi jarayonlarni yaqindan kuzatmoqda.

“Hozirda targ’ibot-tashviqot ishlari yurgizilayapti. Joy-joylarda nomzodlar uchrashuvlar o’tkazishayapti. Yaxshi vadalar berilyapti. Ammo ko’pchilik o’shliklar hozirgacha kimga ovoz berishni bilmay turibdi. Sababi har doim saylovlar paytida nomzodlar xalq bilan yaqinlashadi, saylovlar o’tib bo’lgach esa uzoqlashib qoladi. Ko’p hollarda berilgan va’dalar bajarilmaydi”, - deydi Saltanat Fayzullayeva.

O’sh ko’chalarida turli partiyalarning reklamasini ko’rasiz. Ommaviy axborot vositalari ham diqqatni yaqinlashayotgan saylovga qaratgan.

“Nomzodlar ro’yxatida turli kasb egalari ko’zga tashlanadi – tadbirkorlar, o’quv yurtlari rahbarlari, o’qituvchilar”,- deydi nohukumat tashkilot xodimi Bekbolot Ibraimov.

“Aytish joizki, ko’proq intellektual soha vakillari o’z nomzodlarini qo’ygan. Shuningdek, nodavlat tashkilotlar xodimlari va yoshlar ham bor”.

Keyingi yillarda Qirg’izistonda mahalliy boshqaruv tizimlariga keng mustaqillik berilgan. Va bu hol shahar va tuman kengashlari roli va mavqeini ko’tarib yuborgan.

O'tgan yilning oktabrida Qirg'iziston yangi prezident saylagan edi
O'tgan yilning oktabrida Qirg'iziston yangi prezident saylagan edi
Masalan, aynan mahalliy qonun chiqaruvchi tizimlar shahar va tuman rahbarlarini saylaydi, mahalliy byudjet sarf-harajatlarini tasdiqlaydi.

Shu bois siyosiy partiyalar bu organlarda ko’proq o’rin egallashga harakat qilmoqda.

“O’sh shahar kengashi deputatligiga nomzodlar sakkiz siyosiy partiya ro’yxatidan joy olib, ularning ichidan hozircha “Uluttar birimdigi” va Sotsial-demokratlar partiyasi oldingi saflarda ketmoqda. Biroq saylovchilarning o’y-fikrlari xilma xil. Menimcha, odamlar partiya liderlarining faoliyatini baholab, ovoz bersa kerak”, - deydi Bekbolot Ibraimov.

Hududiy saylov komissiyasiga ko’ra, targ’ibot ishlarida siyosiy partiyalar va nomzodlar hozircha jiddiy qonunbuzarlik hollariga yo’l qo’ymagan.

Ayni paytda qator kuzatuvchilar va mahalliy aholi vakillari ayrim siyosiy partiyalar bosimi mavjudligini yashirmaydi.

O'sh masjidlarida
O'sh masjidlarida
Aynan shu bois bir necha mahalliy arbob biz bilan suhbatda saylov mavzusida so’z yuritishdan bosh tortdi.

“Odamlarning anchasi cho’chib ishtirok etayapti bu saylovlarda. Qaysi partiyaga ovoz beraylik, degan savol o’ylantiradi ularni. Masalan, bir partiyaga ovoz bersak, boshqasi keyin yana bizni qisimga oladimi, degan xavotirlar mavjud. Joy-joylarda “falon partiyani saylamasak, keyin yana bizning boshimizda danak chaqishadi”, degan gap-so’zlar yurgani sir emas”, - deydi adiba Saltanat Fayzullayeva.

So’ngi yillarda saylovlar ortidan turli tortishuvlar va nizolar kelib chiqishiga guvoh bo’lgan qirg’izistonliklar odatda dastavval birgina tilak izhor etadi. Ko’pchilik tadbir tinch va osoyishta o’tsin, deydi. Odamlar shahar obodonchiligi, tozaligi, insonlar uchun qulayliklar yaratilishini istaydi.

XS
SM
MD
LG