Amerikalik musulmonlarning aholiga yordami matbuotda yoritilmaydi

  • Amerika Ovozi

500 dan ortiq ro’zador ko’ngilli yoz jaziramasida Los-Anjelesning Skid Rou ko’chasida minglab boshpanasiz aholi himoyasi uchun saf tortishdi. Ko’ngillilar g'ariblarga kiyim- kechak, gigiena anjomlari, oziq-ovqat, suv kabilarni ulashdi. Ular hatto tishlarni tekinga tekshirish va OITS testidan bepul o’tishni ham taklif qilishdi.

​18 yildan beri har yili Ramazon oyi oxirida Los-Angelesdagi musulmonlar boshpanasiz aholiga yordam qo’lini cho’zadi. Musulmonlar yashayotgan shahri, bu o’lka ular uchun ham ahamiyatli ekanini aytadi.


"Musulmon sifatida insonlarga Qur’onda aytilganiday to’g’ri munosabatda bo’lishimiz kerak. Qur’onda mahalla-ko’y ehtiyojlarini qondirish buyurilgan. Mana, ehtiyoji bor birodarlarimizga xayr-ehson qilyapmiz", - deydi "Ay-El-Em" jamg’armasidan Umar Hakim.

Tashkilotchilarning fikricha, musulmonlarning bu xayriya tadbirlari ommaga keng yoritilishi kerak.

"Aslida bu ishlarimiz matbuotda yoritilishi kerak. Lekin aksariyat hollarda bizning xayrli ishlarimiz ommagacha yetib bormaydi, yoritilmaydi. O’rniga qoralanamiz, chetlatilamiz", - deydi ko’ngillilardan biri Usmon Xon.

1999-yildan beri musulmonlar Amerika bo’ylab taxminan 80 ming boshpanasiz aholiga yordam qo’lini cho’zgan. Savob ish.


"Bilasiz, shahardagi taksichi musulmon, doktorga borsangiz u ham musulmon, hamshirangiz ham. Men farmatsevtman. Men ham musulmonman. Mehnatimiz, harakatlarimiz bilan bu jamiyatga singib ketganmiz. Biz ham yaxshi yashashni, hayotimizni o’zgartirishga hissa qo’shishni va albatta biz ham “Amerika - sehrli diyor” ekanini namoyish etishni xohlaymiz", - deydi ko’ngilli Rayesa G’ivala.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG