Breaking News

Lavrov: AQSh o'z so'zini dunyoga kuch bilan o'tkazishga urinyapti

  • Amerika Ovozi

Xalqaro hayot: Lavrov AQShni zo'ravonlikda aybladi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:51 0:00

AQSh Prezidenti Donald Tramp va boshqa dunyo yetakchilari Shveysariyada bo'ladigan Jahon iqtisodiy forumida uchrashishga hozirlanar ekan, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Vashingtonni o'z so'zini dunyoga kuch bilan o'tkazishga urinayotganlikda aybladi. Tahlilchilarga ko'ra, Moskva Tramp ma'muriyatidan kutilgan umidlar amalga oshmaganidan va iqtisodiy sanksiyalar bekor qilinmaganidan norozi.

So'nggi kunlarda Prezident Donald Tramp yana tanqidlar ostida qoldi. Gaiti va Afrika mamlakatlariga nisbatan tahqirlovchi so'z qo'llagani mamlakatda va xorijda keskin noroziliklarga sabab bo'ldi. Shveysariyada namoyishchilar Tramp Davosga kelmasin, deya ko'chalarni to'sib qo'yish niyatida. Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov esa AQShni boshqalarga o'z so'zini zo'rlab o'tkazishga urinayotganlikda aybladi.

"Ular turli usullarni qo'llaydi. Raketaga qarshi mudofaa tizimlaridan tortib, bir tomonlama sanksiyalar, o'z qonunlarini boshqa hududlarda qo'llash yoki har qanday xalqaro muammoni o'z xohishlari bo'yicha yechish kabi ishlarga qo'l uradi", - dedi Lavrov.

Lavrovning jurnalistlarga aytishicha, Vashingtondagi hozirgi ma'muriyat Obama siyosatini davom ettirmoqda; ayrim masalalalarda hatto yanada keskin.

"Afsuski, amerikalik hamkasblarimiz hanuz ultimatum qo'yish bilan ishlashni afzal ko'rishadi. Dunyo siyosatining boshqa markazlariga quloq tutishni istashmaydi. Ular shakllanib kelayotgan ko'p qutbli dunyo voqeligi bilan hisoblashishni xohlamayapti", - dedi u.

Lavrovning tanqidi Tramp ma'muriyatidan kutilgan umidlar amalga oshmaganidan Rossiyanorozi ekanini ifodalaydi, deydi tahlilchi Piter Yelsov.

"Ular noto'g'ri hisob-kitob qilgani ayon bo'ldi. Ular hech qachon bu o'lkadagi hokimiyatlarning bir-biridan mustaqilligini tushuna olmaydi. Kongress juda qudratli, sud hokimiyati qudratli. Hatto Trampning o'zi ham Rossiya bilan aloqalarni jiddiy yaxshilashga xayrixohlik bildirmadi", - deydi u.

Yelsovga ko'ra, AQSh dunyoga o'z so'zini majburlab o'tkazyapti, degan gap Rossiya olg'a surgan yangi da'vo emas.

"Lavrovning gapi aslida to'g'ri emas. U Rossiya o'z manfaatlarini olg'a surayotganini ko'rsatadi, xolos", - deydi Yelsov.

AQSh-Rossiya aloqalari bo'yicha ekspert Prezident Trampning Jahon iqtisodiy forumiga qatnashayotganini olqishladi. Tramp Davos yig'inida olg'a surilgan globalizm va erkin savdo loyihalariga qarshiligi bilan tanilgan edi. Uning fikri o'zgarayotgan bo'lishi mumkin, deydi Yelsov.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG