Tillerson va Lavrov Venada Ukraina xususida gaplashdi

  • Amerika Ovozi

Venadagi uchrashuv paytida

AQSh Davlat kotibi Reks Tillersonning aytishicha, Rossiya qo'shinlarini Ukraina sharqidan chiqarmaguncha va Qrimni Ukrainaga qaytarmaguncha Qo'shma Shtatlar Rossiyaga qo'yilgan sanksiyalarni bekor qilmaydi.

“Rossiya hukumatga qarshi kuchlarni qurollantirmoqda, tayyorlamoqda, ularga madad sifatida o'z qo'shinlarini yubormoqda", - dedi Tillerson Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotiga (YXHT) a'zo mamlakatlar tashqi ishlar vazirlarining Venada o'tgan majlisida.

AQSh Rossiyani o'tgan yilgi saylovlarga aralashganlikda, qator kiber-xurujlar ortida turganlikda ham ayblab keladi. Moskva bularni inkor etgan.

“Minsk bitimini to'liq ijro etishga chaqiramiz. Rossiya okkupatsiyasi va Qrimni o'ziga qo'shib olganini aslo tan olmaymiz. Qrim Ukrainaga qaytarilmaguncha bu bilan bog'liq sanksiyalar o'z kuchida qoladi", - dedi Tillerson.

YXHT majlisida qatnashgan Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning aytishicha, Ukraina sharqidagi zo'ravonliklar va mojaroda Ukrainaning o'zi aybdor.

Tillersonga ko'ra, Rossiyaning Ukraina bo'yicha siyosati AQSh bilan aloqalarining tiklanishiga to'siq bo'lib turibdi. Tillerson va Lavrov majlisdan tashqarida uchrashib muloqot qilgan.

AQSh davlat kotibi YXHTning Ukrainadagi monitoring missiyasi a'zolari bilan ham uchrashdi. Unga ko'ra, Qo'shma Shtatlar va Rossiya Ukraina sharqida BMT tinchlikparvar kuchlarini joylashtirish taklifini muhokama qilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG