AQShda noqonuniy muhojirlar qayerda saqlanadi?

  • Amerika Ovozi

Chikagodagi hibsxona

AQSh Immigratsiya va Bojxona xizmati deportatsiya qilinishi kerak bo'lgan muhojirlarni maxsus hibsxonalarda saqlaydi. Biroq mahalliy hokimiyatlar ko'p hollarda bu xizmatdan norozi. O'zboshimcha idora, deydi shtatlarning mutasaddilari.

Arizona shtatida 33 hujjatsiz muhojir yaqinda qo'yib yuborilgan, tuman rahbariyati qaroriga binoan. Marikopa tumani rasmiylarining aytishicha, noqonuniy immigrantlar masalasini ularning o'zi hal qiladi.

Federal sud bu muhojirlarni qo'yib yuborishni buyurgan. Ularning birortasi og'ir jinoyatlarda gumon qilinmagan. Yengil jinoyatlari uchun javobgarlikka tortiladi lekin sudgacha ungacha ozodlikda yurishi mumkin.

Immigratsiya xizmati esa endi bu insonlarni tutish harakatida. Ular bu mamlakatda hujjatsiz yuribdi va badarg'a qilinishi shart, deya bildiradi bu idora.

Kolorado shtatidagi hibsxona oldida namoyish
Kolorado shtatidagi hibsxona oldida namoyish

Qonun immigratsion xizmatga hujjatsiz muhojirlarni 48 soat davomida hibsda saqlash vakolatini beradi. Ko'p hollarda, deydi advokatlar, bu odamlar biror jinoyatda gumon qilinmaydi. Oldida hujjati yo'q ekan, deb ularni qamoqqa olib ketishadi, deydi himoyachilar.

Huquqbonlar va rasmiylar bir narsada kelishadi: noqonuniy immigratsiyaga qarshi birgalikda, aniq tamoyillar asosida kurashish kerak.

Shtatlar va federal hukumat orasida u borada hamkorlik azaldan mavjud lekin yangi farmonlar v siyosat jarayonni chigallashtirib, kim nima qilayotganini aniqlashtirish uchun qo'shimcha vaqt va resurs zarur. Tegishli idoralar bir-biri bilan oshkora aloqada bo'lishi lozim. Tizim qoidalari buzilmasligi shart.

Kim qachon nima uchun hibsga olingani va qayerda ushlab turilgani yuzasidan darhol axborot uzatilishi kerak. Mahalliy hibsxonalardan ozod etilayotgan immigrantlar eshikdan chiqishi bilanoq federal organlar tomonidan qayta qamoqqa olinayotgan hollar ko'p.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG