Breaking News

Makronning vositachiligi Ukraina-Rossiya ziddiyatiga barham bera oladimi?


Makron va Zelenskiy matbuot anjumani paytida, Kiyev, 8-fevral, 2022-yil
Makron va Zelenskiy matbuot anjumani paytida, Kiyev, 8-fevral, 2022-yil

Shu hafta Rossiya va Ukraina rahbarlari bilan uchrashgan Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Ukraina-Rossiya chegarasidagi taranglikni yumshatishga imkon borligini aytmoqda. Unga ko’ra, buning uchun Ukraina sharqidagi isyonchilar va hukumat kuchlari o’rtasidagi ixtilofni tugatishga qaratilgan Minsk kelishuvlarini bajarish kerak.

Xalqaro hayot - 9-fevral, 2022-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:26 0:00

“Hujjat Ukraina hududiy daxlsizligining eng yaxshi himoyasi hamdir. Rossiya va Ukraina kelishuvlarga sodiqligini bildirdi, endi muzokaralarning keyingi bosqichiga o’tish imkoni bor”, - dedi Makron.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning aytishicha, Vladimir Putin so’zlarini isbotlashi kerak.

“Odatda quruq gaplarga ishonmayman. Shuning uchun har bir siyosatchi samimiyligini aniq ishlari bilan isbotlashi kerak”, - dedi u.

Minsk kelishuvlarida Donbass mintaqasiga siyosiy muxtoriyat berilgan holda uni Ukraina tarkibida qoldirish ko’zda tutilgan.

“Moskva Minsk kelishuvlari orqali Ukrainada o’ziga sodiq kuchlarga ega bo’lib, Ukrainaning NATOga a’zo bo’lishiga g’ov qo’ymoqchi. Ukraina esa xuddi shu sababga ko’ra bitimga qashilik ko’rsatyapti”, - deydi Belfast qirolicha universiteti tahlilchisi Aleksandr Titov.

Ukrainaliklar Makron Rossiyaga ularga to’g’ri kelmaydigan takliflarni bergan bo’lishi mumkinligidan xavotirda.

“Ukrainaliklarning gumoni shuki, Rossiya Donbassdagi bo’lginchilarga kelajakda Ukrainaning konstitutsion tuzatishlariga veto vakolatini olib bermoqchi va Makron ularni shunga ko’ndirishga majburlashi mumkinligidan xavotirda”, - deydi Londondagi “Chatxem uyi” eksperti Kventin Pil.

Titovning aytishicha, hozirgi vaziyatda vahimaga tushish Ukrainaga zarardir.

“Kiyevda va umuman Ukrainada hozirgi inqiroz ataylab bo’rttirilayotgani, undan maqsad Putinni tinchlantirish uchun Ukrainani Minsk shartnomalarini bajarishga majburlash ekani aytilmoqda”, - deydi siyosatshunos.

Kelasi hafta Rossiyaga Germaniya Kansleri Olaf Shols ham boradi. Ko’p narsa Yevropa Ittifoqining ikki yetakchi a’zosi pozitsiyasiga bog’liq bo’ladi.

G’arb Ukrainani qurollantirishda, Rossiya esa chegarada qo’shinlarini oshirishda davom etmoqda.

Donbassdagi front chizig’ida joylashgan Avdeyevka shahridagi xandaqlarda o’tirgan ukrainalik askarlar urushga tayyor ekanini aytadi.

“Hujum ehtimoli haqida ko’pdan beri eshitamiz, har narsaga tayyormiz. Biz o’z yerimizdamiz. Uni tashlab ketish niyatimiz yo’q”, - deydi ulardan biri.

Kundalik otishmalarga qaramay, vaziyat nazoratda, deydi yana bir askar.

“Vaziyat barqaror. Nazoratda. Dushman mojaroni kuchaytirishga harakat qilsa, har qanday ssenariyga tayyormiz”, - deydi u.

Biroq shaharliklarning ayrimlari xavotirda, boshqalar urush bo’lishiga ishonmaydi.

“Putinning hujum qilish niyati bo’lganida allaqachon hujum qilgan bo’lardi”, - deydi bir ayol.

Bo’lginchilarning bir qismi Lugansk oblastida, ikkinchisi Donetskda. Kiyevdagi markaziy hukumat tan olmaydigan xalq respublikalariga asos solishgan. Donetsk xalq respublikasi rahbari Andrey Purgin Rossiya bo’lginchi hudud mustaqilligini tan olishiga umid qilmoqda. Davlat Dumasi masala muhokamasini boshlash arafasida.

"Purginning aytishicha, Ukraina askarlari deyarli har kuni bo’lginchi hududlarga o’q yog’diradi, tinch aholi o’lmoqda.

Minsk shartnomalari ijrosini va Donbassdagi vaziyatni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining 44 mamlakatdan 700 ga yaqin mutaxassisi kuzatmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG