Breaking News

Donald Tramp prezidentlikka saylanganidan deyarli bir yarim yil o’tib, uning rafiqasi Melaniya Tramp AQShning birinchi xonimi sifatida ilk bor rasmiy tashabbus bilan chiqdi.

“Bolalar yuzlashadigan muammolarni ularning o’zlari o’rganishiga sharoit yaratib beramiz”, - deydi Melaniya Tramp, Oq uyda so'zlar ekan.

Tramp xonim bolalar salomatligi, xususan ruhiy holati bilan bog'liq masalalar bilan shug'ullanmoqchi va bunda u internetdan keng foydalanishni ko'zlamoqda.

“Hech bir bola xato qilishdan qo’rqmasin. Qoqilib, surilgan taqdirda ham, ularni qo’llab-quvvatlaydigan odamlar borligini his qilsin”, - deydi u.

Tashabbus “Eng zo’ri bo’l” deb nomlanadi va bolalarning ruhiy, jismoniy salomatligini yaxshilashni maqsad qilmoqda.

“Yangi g’oyalar bo’ladimi yoki muammomi, bolalar nima haqida gapirayotganiga diqqat bilan quloq tutsak, biz kattalar ularga to’g’ri yo’l ko’rsata olishimiz, baxtli bo’lish sirlarini o’rgatishimiz, jamiyatda o’z o’rnini topa oladigan, global ijobiy natijalarga erisha oladigan insonlar tarbiyalashimiz mumkin”, - deydi Melaniya Tramp.

Tanqid shuki, birinchi xonim yuqoridagi tashabbus g'oyasini oldingi prezident Barak Obama va uning rafiqasi Mishel Obamadan ko'chirgan. Tramp ma'muriyati bu asossiz iddao, deya javob qilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG