Breaking News

Lugansk, Donetsk Rossiya tarkibiga kirmoqchi

Luganskdagi saylov uchastkasi.
Luganskdagi saylov uchastkasi.

Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari esa Moskvaga qo’shimcha sanksiya qo’yish masalasini muhokama qilayapti.

Moskva Ukraina sharqida ikki viloyatda o’tgan referendum natijalarini hurmat qilishini aytmoqda. Kreml nazarida rasmiy Kiyev va ayirmachilar saylov natijasini kelishib hayotga tadbiq etishi kerak.

Sharqdagi Donetsk va Lugansk, separatist kuchlarning bildirishicha, Ukrainadan ajralib chiqishni yoqlab ovoz bergan. O'zini mustaqil deya nomlayotgan ayirmachilar endi Rossiya tarkibiga kirish istagini bildirmoqda.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning bugun aytishicha, Ukrainada tanazzulni bartaraf etishning yagona yo’li - Kiyev va Rossiyaga moyil kuchlar o’rtasida muzokara. Xalqaro muloqot tashkil qilib o’tirishga hojat yo’q, deb hisoblaydi Lavrov.

Ukraina muvaqqat rahbariyati isyonchilar o’tkazgan referendumni qonunga zid safsata deya rad etayapti.

Vaqtli prezident Oleksandr Turchinov bugun parlamentda so’zlab, saylov qotillik, odam o’g’irlash, zo’ravonlik va boshqa jiddiy jinoyatlarni yashirish uchun qilingan propaganda, xolos, dedi.

Biroq Turchinov Ukraina sharqida qon to’kilishlarga aloqasi bo’lmagan, qonunni hurmat qilgan odamlar bilan muloqotni davom ettirishga tayyor.

Donetsk va Luganskdagi referendumda, separatistlar so’zlariga ko’ra, 90 foiz aholi mustaqillikni yoqlab chiqqan.

Bu orada, Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari bugun uchrashib, Moskvaga qo’shimcha sanksiya qo’yish masalasini muhokama qilayapti. Ittifoq shu tariqa Kremlni Ukraidagi beqarorlikda hissasi uchun jazolamoqda.

Donetsk mustaqilligini e'lon qildi

Ayirmachilar yetakchisi Denis Pushilin Donetskdagi matbuot anjumanida. 12-may, 2014-yil.
1/7 Ayirmachilar yetakchisi Denis Pushilin Donetskdagi matbuot anjumanida. 12-may, 2014-yil.
Sharqiy Ukrainaning Donetsk va Lugansk viloyatlarida 11-may kuni o'tkazilgan referendumda qatnashchilarning 89 foizi Ukrainadan ajrab chiqish uchun ovoz bergani aytilmoqda. Shundan so'ng Donetskdagi ayirmachilar mustaqillik e'lon qilib, Rossiyadan yangi respublikani o'z tarkibiga qo'shib olishni so'ragan.
Slavyansk
2/7 Slavyansk

Ayirmachilar vakili Aleksandr Malixin jurnalistlar bilan uchrashayapti. Lugansk, 12-may, 2014-yil.
3/7 Ayirmachilar vakili Aleksandr Malixin jurnalistlar bilan uchrashayapti. Lugansk, 12-may, 2014-yil.
Sharqiy Ukrainaning Donetsk va Lugansk viloyatlarida 11-may kuni o'tkazilgan referendumda qatnashchilarning 89 foizi Ukrainadan ajrab chiqish uchun ovoz bergani aytilmoqda. Shundan so'ng Donetskdagi ayirmachilar mustaqillik e'lon qilib, Rossiyadan yangi respublikani o'z tarkibiga qo'shib olishni so'ragan.
Lugansk
4/7 Lugansk

Ukraina janubidagi Mikolaiv shahrida portlash.
5/7 Ukraina janubidagi Mikolaiv shahrida portlash.
Sharqiy Ukrainaning Donetsk va Lugansk viloyatlarida 11-may kuni o'tkazilgan referendumda qatnashchilarning 89 foizi Ukrainadan ajrab chiqish uchun ovoz bergani aytilmoqda. Shundan so'ng Donetskdagi ayirmachilar mustaqillik e'lon qilib, Rossiyadan yangi respublikani o'z tarkibiga qo'shib olishni so'ragan.
Ayirmachilar vakili Aleksandr Malixin referendum natijalarini e'lon qildi. Lugansk, 12-may-2014-yil.
6/7 Ayirmachilar vakili Aleksandr Malixin referendum natijalarini e'lon qildi. Lugansk, 12-may-2014-yil.
Sharqiy Ukrainaning Donetsk va Lugansk viloyatlarida 11-may kuni o'tkazilgan referendumda qatnashchilarning 89 foizi Ukrainadan ajrab chiqish uchun ovoz bergani aytilmoqda. Shundan so'ng Donetskdagi ayirmachilar mustaqillik e'lon qilib, Rossiyadan yangi respublikani o'z tarkibiga qo'shib olishni so'ragan.
Slavyansk
7/7 Slavyansk

Previous slide
Next slide
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

This item is part of
XS
SM
MD
LG