Breaking News

Amerikada mashhur ovoz yozish studiyasi 60 yoshda


Amerikaning mashhur ovoz yozish studiyalaridan biri - Moutaun Rekords (Motown Records) 60 yoshga to’lmoqda. Maykl Jekson, Dayana Ross, Marvin Gey kabi yorqin yulduzlar unda ishlagan. Michigan shtati Detroyt shahrida asoslangan kompaniya 1960-yillardayoq ko’plab ijodkorlarni jalb qilgan, Los-Anjelesga ko’chganidan keyin ham tezda muvaffaqiyat qozongan. Moutaun studiyasi - Amerika musiqasidagi muhim bir davr timsoli.

Mashhurlar bilan mashhur bo'lgan studiya
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:05 0:00

Detroyt yillardan buyon iqtisodiy inqiroz bilan kurashmoqda. Shahar musiqa merosini odamlarga eslatish ham bu yo’ldagi harakatlardan biri. Mahalliy san’atkorlar bosh kutubxonada Moutaun studiyasida yozilgan eski qo’shiqlarni ijro etadi. Abdul Faqir “Four Tops” nomli vokal ansamblining dastlabki a’zolaridan bo’lgan.

“Bu studiya tarixi, shahrimiz musiqa merosini saqlab qolishning yo’li bordir. San’at Detroyt uchun avtosanoat kabi muhim”, - deydi u.

Soul va pop yo’nalishlari qorishmasi bo’lgan Moutaun musiqa janrini tiklashda Joan Belgreyv singari san’atkorlar bosh-qosh.

“Bu janr hech qayerda yo’q. Faqat Detroytga xos. Ochig’i, odamlar ham bundan hayratda”, - deydi u.

Shaharda Moutaun muzeyi bor. Unda studiyaning eng gullagan davrlari aks etadi. Detroyt ko’chalariga studiyada ishlagan Maykl Jekson kabi yulduzlar nomi berilgan. Moutaunga tegishli nom bilan tungi klub qurish rejasi ham bor.

Ovoz yozish studiyasining yorqin yulduzlaridan biri Marvin Gey edi. U asli Vashingtonda tug’ilgan. Muxlislarning aytishicha, uning san’ati hozir ham 40 yillar oldingiday ta’sirga ega.

“Marvinning ijodiga aynan qo’shiqlaridagi ruhiyat uchun shaydoman. Har safar eshitganimda dunyoda, mamlakatda nimalar bo’layotgani haqida o’ylanaman. U kuylagan mavzular bugungi kunga ham tegishli”, - deydi Marvin Geyning o’gay ukasi Antvaun Gey.

Berri Gordi 1959-yilda Moutaunga asos solganida mashhur bo’lib ketishi xayoliga ham kelmagan edi. Uning tarjimai holi asosida yaratilgan myuzikllar 2013-yilda Nyu-York sahnalarida va keyinchalik Londonda ham namoyish etildi.

“Moutaun studiyasi tarixini hamma bilishini istayman. Uni ko’targancha nimalardan o’tganimiz, yutuq va mag’lubiyatlar, bu yo’lda nimalarni his qilganim, uni yaratish g’oyasi haqida hikoya qilinadi asarda”, - deydi Berri Gordi.

Myuzikl ijrochilari hozir Britaniya va Irlandiya bo’ylab gastrol safarida.

Maqsadim nafaqat qora tanlilar, balki butun dunyo uchun yaxshi qo’shiqlar yaratish edi, deydi Gordi. Loyiha aynan Detroytda boshlangan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG