Las-Vegasdagi otishmada kamida 58 odam o'lgan

  • Amerika Ovozi

Las Vegas, 2-oktabr, 2017

Nevada shtatining Las-Vegas shahrida bir kishi avtomatik qurolda o’t ochib, kamida 58 odamni o’ldirgan, 500 kishi jarohatlangan. Hujumchi o'z joniga qasd qilgani aytilmoqda.

Voqea joyida olingan videoda otishma konsert paytida boshlanganini, odamlar har tomonga qochganini ko’rish mumkin. O’lganlar orasida politsiyachilar ham bor. Voqea AQSh tarixidagi eng qonli otishmalardan, deya ta’riflanmoqda.

“Chamasi 20 minut davom etganday tuyuldi bizga. O'q ovozi har safar to’xtaganda, bir joydan ikkinchi joyga qochib, yashirindik”, - deydi guvohlardan biri.

Las-Vegas politsiya boshqarmasi rahbari Jozef Lombardoga ko’ra, festival qatnashchilari “Mandalay Bey” mehmonxonasining 32-qavatidan nishonga olingan.

“Qatliomni amalga oshirgan shaxs shu yerlik. Tergov davom etayapti. Nima sababdan bu ishga qo’lga urganini hozircha bilmaymiz”, - deydi Lombardo.

Hujumchining ismi Stiven Pedok, 64 yoshda. Mehmonxonada uning jasadi yonida bir qancha qurollar topilgan.

Kazino va mehmonxonalar, ko’ngilochar maskanlari bilan tanilgan Las-Vegasda qurol nazorati juda sust. Odamlar ko’chalarda qurolini ko’tarib yurishga haqli, ro’yxatdan o’tishi shart emas. Qurol sotib olinayotganda xaridor tekshiriladi, lekin keyinchalik boshqaga sotishga ham haqli.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG