Faollar musulmon qizning o'limi nafratga asoslangan jinoyat ekanini aytmoqda

  • Amerika Ovozi

O'ldirib ketilgan Nabra Hassanenni xotirlab yig'ilgan faollar, 21-iyun, 2017-yil

Virjiniyada o'tgan hafta o'ldirib ketilgan musulmon qizni xotirlash uchun poytaxt Vashingtonda o'tkazilgan xotira kechasida to'plangan gullar va esdalik bitiklariga kimdir o't qo'ygan.

24 yoshli Jonatan Solomon voqeaga aloqadorlikda ayblanib qo'lga olingan. Unga vandalizm aybi qo'yilmoqda. Tergovchilarning aytishicha, Vashington markazidagi Dyupont aylanasida yoqilgan o't xotira buyumlarini nishonga olganini isbotlovchi dalillar yo'q.

17 yoshli musulmon qiz Nabra Hassanen 18-iyun kuni tongda do'stlari bilan masjidga ketayotganda yo'lda do'pposlangan va o'ldirib ketilgan edi. Qotillikda ayblangan 22 yoshli Darvin Martinez Torres o'sha kunning o'zida hibsga olingan. Tergovchilar jinoyat ishining nafratga asoslangani ehtimolini hozircha ko'rishmayapti.

Hassanenning o'limi ijtimoiy tarmoqlarda keskin bahs-munozara uyg'otdi. Ko'plab faollar politsiyadan hodisani nafratga asoslangan jinoyat sifatida o'rganishni so'ramoqda. Guvohlar va qurbonning oila a'zolariga ko'ra, jinoyat sodir bo'lgan payt bir guruh musulmon qizlar islomiy kiyim va hijobda bo'lgan. Politsiya esa hodisaga yo'l talashish yuzasidan kelib chiqqan tortishuv sabab bo'lganini aytmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG