Breaking News

SOFIA - dunyodagi eng yirik mobil observatoriya


Uchar observatoriya
Iltimos, kuting...
Embed

No media source currently available

0:00 0:03:15 0:00

Yulduzlar qanday paydo bo’lgan? Galaktikalarchi? Koinotning milliardlab yillik tarixini olimlar yorug’likka qarab o’rganadi. Ko’z bilan ilg’ab bo’lmaydigan infraqizil nurlanishlarni qayd etib borish uchun kuchli teleskoplar kerak. Shulardan biri samolyotda o’rnatilgan.

Infraqizil astronomiya observatoriyasi, qisqacha SOFIA - Boing-747 samolyotining nomi. Uning bortida 2,5 metrli yuqori aniqlikdagi teleskop o’rnatilgan. Uchar teleskoplarning eng kattasi.

Samolyot tunda 12 ming metr balandlikda Tinch okeani uzra parvoz qiladi. Bulutlardan uzoqda. Teleskop yuzi olis nuqtaga, galaktikamiz markaziga, yangi yulduzlarni o’z atrofiga jamlagan qora tuynukka qaratilgan.

Samodagi chang va gazlar tufayli manzara xira, lekin issiqlikka sezgir infraqizil teleskop bilan ajoyib suratlar olsa bo’ladi.

“Bu nur boshlang’ich nuqtadan biz o’lchayotgan joyga yetib kelguncha 12,5 milliard yil vaqt ketgan. Orqasida teleskop o’rnatilgan samolyotga olimlarni o’tqizib, uni ko’ra olayotganimizga ishonish qiyin”, - deydi olim Rayan Hamilton.

Sayqal berilgan oynalar va kameralardan tashqari, teleskop ikki muhim tizim bilan jihozlangan. Biri stabilizatsiya uchun, ikkinchisi sovutish uchun.

“10 tonnali teleskop vibratsiya va tebranishlardan xoli, havoda qalqib turadi. Uni harakatga keltiruvchi motor va giroskoplari bor”, - deydi SOFIA bosh olimi Erik Beklin.

Unga har xil instrumentlarni ham o’rnatish mumkin. Bamisoli fotoapparat linzasini almashtirgandek.

“Teleskop orqali shakllanayotgan yulduzlarni, samoviy jismlarni ko’ramiz. Uchar rasadxonada chang ham o’rganiladi. Shuningdek, proton-yulduzlar, gazsimon muhitlar, jumladan yulduz va sayyoralarni hosil qiluvchi muhitlar”, - deydi Hamilton.

SOFIA samolyotidan asosan AQSh va Germaniya olimlari foydalanmoqda. Lekin ular bilan hamkorlik qilish mumkin.

“Ilmiy tekshiruv natijalari kuzatuvchi bo’lib kelgan mehmonga uzatiladi. Ma’lumotlarni tahlil qilib, nashr qilish uchun taxminan bir yil vaqt beriladi. Undan so’ng ma’lumotlar hamma uchun ochiq”, - deydi Eddi Zavala, SOFIA loyihasi menejeri.

SOFIA AQSh va Germaniya olimlarining qo’shma loyihasidir. Nemis astronomlari teleskopni qurgan. AQSh kompaniyalari esa samolyotni kerakli asboblar bilan jihozlagan.

Amerika tomondan loyihani Fazoviy tadqiqotlar uyushmasi boshqaradi. Parvozlar kelasi 10 yil davom etishi ko’zlanmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG