"Uber" uchar taksilari - 2023-yilda

  • Amerika Ovozi

“Uber” taksi kompaniyasi NASA, AQSh fazoviy tadqiqotlar agentligi bilan uchar taksi xizmatini yo’lga qo’yish haqida shartnoma imzolagan.

Portugaliyadagi konferensiyada mijozlarni vertikal chiqarib-tushirish orqali manzilga yetkazish loyihasi taqdim etildi. Uchar taksilar 2023-yilda ishga tushishi rejalangan.

Ular qanot va parrakli. Vertolyot va kichik samyolot qorishmasi desa bo'ladi. Vositalar batareyada ishlaydi.

“Uber” kompaniyasi menejerlaridan biri Jeff Xoldenga ko'ra, uchar taksi vaqtni tejabgina qolmasdan, havo ifloslanishini ham kamaytiradi.

“Mijoz uchun qanchaga tushadi? Yoki faqat boylar cho'ntagi ko'taradigan bir o'yinchoq bo’ladimi? Aslo! Hammaning qurbi yetadigan mahsulot bo'lmasa, loyihani boshlamagan bo’lardik. O’z mashinangizni haydashdan-da arzonroq qilish payidamiz. Uddasidan chiqsak kerak. Birgina tugmani bosib uchib ketaverasiz", - deydi Jeff Xolden.

Hozirda San-Fransiskodan San-Xose shahriga borishga tig’iz paytda ikki soat vaqt ketadi va 111 dollarga tushadi.

Xoldenning aytishicha, uchar taksi soatiga 320 kilometrgacha yo'l bosadi. Havo orqali manzilga 15 minutda yetib olasiz. Bitta zaryad 100 kilometrga mo’ljallangan.

Avvaliga San-Fransisko-San-Xose qatnovi 129 dollarga tushadi. Keyinchalik 43 dollar va bora-bora 20 dollarga aylanadi. “Uber” NASA bilan hamkorlikda bu texnologiya ustida ishlamoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG