Yerga o'xshagan yetti sayyora topildi

  • Amerika Ovozi

Sayyoramizdan atigi 40 yorug'lik yili narida kattaligi Yupiterdek keladigan quyosh bor. Xalqaro astronomlar guruhi bu sayyora atrofida Yer kabi yetti planeta aylanayotganini aniqladi.

Sayyoramizdan atigi 40 yorug'lik yili narida kattaligi Yupiterdek keladigan quyosh bor. Xalqaro astronomlar guruhi bu sayyora atrofida Yer kabi yetti planeta aylanayotganini aniqladi.

Bu xabar koinotda Yer singari boshqa sayyoralar va hayot bor degan umidni yana qo'zg'atib yubordi. Planetalarning birida hatto okeanlar bo'lishi mumkin.

Misli ko'rilmagan xabar bu. Astronomlarning boshi osmonda. Koinotda hayot bo'lishi mumkin!

"Yer kabi planetani kashf qilishimizga oz qoldi", - deydi NASA olimi Tomas Tobuchen. Bilamizki, har bir yulduzning orbitasida bitta sayyora aylanadi. Bunisida naq yettiga sayyora bor ekan. Yashashga yaroqli sistemani kashf qilgan bo'lsak ajabmas", - deydi olim.

Sayyoralarni samoni diqqat bilan kuzatayotgan teleskoplar aniqladi.

"Bizning quyosh sistemamizga o'xshagan bunday sayyoralar to'plamiga dush keldikmi, demak bunaqalar juda ko'p bo'lishi kerak", - deydi Massachusets texnologiya instutidan Sara Sigar.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG