Breaking News

NATO: Rossiyaning Ukrainadagi urushi kengaymasligi kerak


NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg, Utoya, Norvegiya, -avgust, 2022
NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg, Utoya, Norvegiya, -avgust, 2022

NATO, Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkiloti Bosh kotibi Yens Stoltenberg ona yurti Norvegiyada yozgi lagerda so'zlar ekan, Rossiyaning Ukrainadagi urushi aslo kengaymasligi va boshqa davlatlar bilan qurolli mojarolarga yetaklamasligii lozim.

Stoltenbergga ko'ra, NATO Rossiya bilan urushishni istamaydi.

"Biroq NATO Ukraina davlati va xalqini agressiyadan himoya qiladi", - deydi bosh kotib.

"Ikkinchi jahon urushidan beri dunyoning bu qismida bu qadar qon to'kilmagan, bir davlat ikkinchisiga bostirib kirib, uni vayron qilmagan edi", - deydi Stoltenberg.

"Biz bu holatga aslo befarq bo'la olmaymiz va chora ko'ramiz".

Rossiya rahbari Vladimir Putin, Stoltenberg nazarida, tarixga qaytmoqchi va uni o'zi tasavvur qilganidek tiklamoqchi.

Putin Ukrainada maqsadiga erisha boshlasa, butun dunyo tinchligi tahlika ostida, deydi u.

"Rossiya yutsa, bosqinchilikni to'g'ri yo'l deya davom etadi va qo'shni davlatlarga ham hujum qiladi".

Rossiya kuchlari bugun Xarkov, Slovyansk va boshqa hududlarn tinimsiz o'qqa tutgan.

Ukraina qo'shinlarini quvvatlayotgan Britaniya raketalar va og'ir artilleriya ishga solinayotganini qayd etib, Rossiya ham qattiq zarba yemoqda, deya bayonot bergan.

G'arb nazarida bosqinchi davlatning qurol-yarog' omborlari va logistika bazalari nishonga olinishi zarur.

BMT va Turkiya esa Ukraina g'alla mahsulotlari jahon bozoriga chiqishini ta'minlashga urinmoqda. Muzokaralar samara berib, "Razoni" yuk kemasi Odessadan Livanga yo'l olgan.

"Navistar" kemasi ham Odessadan 33 ming tonna bug'doy bilan Irlandiya tomon yo'nalmoqda.

"Polarnet" 12 ming tonna makka bilan Turkiyaga, "Rojen" esa 13 ming tonna makka bilan Britaniyaga boradi.

BMT bildirishicha, jami 28 yuk kemasi Ukraina portlaridan yo'lga chiqadi.

Bu vositalar xavfsizligi uchun qo'shimcha kuchlar safarbar etilmoqda, tekshiruv keskinlashgan va manzilga yetib borgach ham yangicha tartibda ko'rikdan o'tkaziladi.

Xalqaro hamjamiyat Ukraina mahsulotlari uchun hech kim yo'lni yopmasligi shart, deya Rossiyaning to'siqlarini qoralamoqda.

Ukraina Qora dengizdagi hududini minalagan. Vaziyatni o'rgangan BMT ekspertlari minalarni olib tashlamaslikka qaror qilgan. Lekin xavfsiz yo'nalishlar aniqlangan va kemalar aynan shu chiziqlardan yurishi ta'minlanadi.

Minalarni tozalash 3-5 oy vaqt oladi, bu vaqtda esa jahon bozorida oziq-ovqat narzi misli ko'rilamagan darajada ko'tarilib ketishi mumkin.

Urushning oltinchi oyida Ukrainaning janubiy portlarida yuzlab kemalar tiqilib qolgan, ta'minot tizimlari ishdan chiqqan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG