Breaking News

Rossiya Oliy sudi Ukrainaning "Azov" polkini terrorchi tashkilot deb tamg'aladi


Azov polki jangchilari

Rossiya Oliy sudi Ukraina qurolli kuchlari tarkibidagi “Azov” polkini terrorchi guruh deb tan oldi. Polk ultra millatchi qarashlarni targ’ib qiluvchi jangchilardan tashkil topgan. Rossiya uning a’zolarini “fashistlar” va “natsistlar” deb atab keladi.

Xalqaro hayot - 2-avgust, 2022-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:36 0:00

Ukrainada 24-fevraldan beri davom etayotgan mojaroda yuzlab azovchi qo’lga olingan, Ukrainaning bo’lginchi kuchlar nazoratidagi sharqiy hududlari va Rossiyadagi hibsxonalarda saqlanmoqda, ular ustidan sud o’tkazilishi rejalanmoqda.

Rossiya azovchilarni insoniyatga qarshi ko’plab jinoyatlarda ayblaydi. Ukraina hukumati ham Rossiyani urush jinoyatlarida ayblarkan, AQShdan uni terrorchi davlat deb tan olishni so’ragan.

Qo’shma Shtatlar shu kungacha Kuba, Eron, Shimoliy Koreya va Suriyani terrorizm homiylari ro’yxatiga qo’shgan.

O’tgan hafta AQSh Senati ijrosi majburiy bo’lmagan rezolyutsiya qabul qilib, Davlat departamentini Rossiyani Checheniston, Gruziya, Suriya va Ukrainadagi harbiy harakatlari uchun “terrorizm homiysi” deb tamg’alashni so’ragan.

Davlat kotibi Entoni Blinken buday tashabbusga e’tiroz bildirarkan, bunday qaror qabul qilishdan oldin “terrorizmga homiylik qiluchi davlat” atamasining yuridik ta’rifini o’rganib chiqishga chaqirdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG