Breaking News

Turkiston-Amerika jamiyati 1958-yilda tashkil etilgan. Nyu-Jersi shtatida asoslangan nodavlat tashkilot 2007-yilda Dover shahrida o’z binosini ochgan. 20-asr boshlarida Turkistondan chiqib, keyinchalik Afg’oniston, Turkiya, Pokiston va Saudiya Arabistoni orqali Amerikaga kelgan o’zbeklar avlodlari to'y-maraka, bayramlarda jamiyatga kelib diydorlashib turishadi. Milliy taomlar tortiladi, sumalak pishiriladi.

​Jamiyatga 22 yildan buyon Abdulla Xo'ja rahbarlik qilib keladi.

O'tgan yillarda nishonlangan Navro'z tantanalarida an'analar, qadriyatlar ask etgan sahna ko'rinishlari, xalq o’yinlari namoyish etilardi. Chiqishlarda Amerikada o’sayotgan bolalar ishtirok etar edi.

Bu yil Navro’z o’zbekistonlik san’atkorlarning yakkaxon ijrosi, raqslar bilan o’tkazildi.

Turkiston-Amerika jamiyatida Navro'z
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:33 0:00

Bayram dasturini amerikaliklar ham maroq bilan tomosha qilishdi.

“Ismim Marsha Bruster. Nyu-Yorkda yashayman”, - deydi suhbatdoshlarimizda biri.

“BMTda suv zaxiralari sohasida ishlaganman. O’sha yillardayoq Markaziy Osiyo muammolariga qiziqardim, lekin hech safar qilishga imkon topolmaganman. Iyun oyida O’zbekiston va Turkmanistonga borishni reja qilyapman”.

“Navro’z haqida ancha yillardan beri bilaman. Eronlik va boshqa do’stlarimdan eshitganman. O’zbekiston madaniyati haqida bilish men uchun yangi bir olamni kashf etishday bo’ldi. Ayniqsa kuy-qo’shiq, raqslarni maroq bilan tomosha qildim”, - deydi Merilen Gappen ismli amerikalik.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG