Breaking News

Saratonga qarshi yangi muolajalar


Saratonga qarshi yangi muolajalar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:00 0:00

Saraton kasalligiga qarshi muolajalar takomillashib bormoqda. Davolanish muddati qisqaroq va an’anaviy terapiyadan ko’ra yaxshiroq natija berishi mumkin. O’simtaning genlar majmuasini tekshirish ham - yangi usullardan.

Saratonga qarshi odatda kimyoterapiya, radiatsiya va jarrohlik amaliyoti qo’llanadi. Ammo kimyoterapiya va radiatsiya sog’lom hujayralarni ham o’ldiradi. Buning yon ta’siri jiddiy.

Bugun muolaja target terapiya tomon yo’nalmoqda. Bunda boshqa to’qimalar emas, faqat o’simta nurlantiriladi.

Masalan, ko’krak bezi saratoniga chalingan ayollarda operatsiyadan so’ng xavfli o’simtani yuqori aniqlikdagi radiatsiya bilan yo’qotish mumkin.

“Besh kunlik muolajaning ta’siri to’rt-olti hafta davomida butun ko’krakni radiatsiya qilish bilan bir xil”, - deydi shifokor Juliya Vayt.

Tananing o’z immunitetidan ham foydalansa bo’ladi.

“Immun tizimi saraton hujayralarini aniqlay olishi, ularni g’ayritabiiy deb qabul qilishi aniq. Agar immunitet tizimini ishga sola olsak, rak hujayralariga hujum qilib, ularni yo’q qiladi”, - deydi vrach Vilyam Nelson.

Kimyoterapiyadan o'tayotgan bemor
Kimyoterapiyadan o'tayotgan bemor

Yana bir yangi muolaja saraton hujayralarining genetik tarkibini o’rganib, so’ng faqatgina shu hujayralarni dori bilan o’ldirishdan iborat.

“Aynan saratonga aylangan hujayralarni nishonga olish haqida gap ketyapti. Target terapiya deb shuni aytadi”, - deydi Marsiya Brouz, Pensilvaniyadagi rak markazi shifokori.

Har bir bemor saratoni uning DNKsi kabi o’ziga xos. Qaysi dori ish berishi shunga qarab tanlanadi. Sog’lom hujayralarga tegilmaydi. Muolajaning yon ta’sirini ham uddalash mumkin.

“Bemorlarimda salbiy reaksiya kelib chiqqan hollar juda kam. Bir-ikkitasida dozani bir darajaga kamaytirganimda, yon ta’siri ketib qoldi, ammo muolaja o’z ta’sirini yo’qotmadi. Yuqori aniqlikdagi terapiyamiz davolana olmayotgan, takror saratonga uchrayotgan va tanasining boshqa qismlariga tarqalayotgan bemorlar uchun ayniqsa foydali”, - deydi suhbatdosh.

Natija yomon emas.

“Bir bemorga uch oylik umring qoldi, deb tashxis qo’yishgan ekan. U saratonning hatto kimyoterapiya bilan davolab bo’lmaydigan turiga chalingan. Unga dori berdim - to’rt yil oldin bo’layotgan ish bu. Kasalidan tuzalib ketdi. Sarkoma bilan xastalangan, nogironlar aravachasida o’tirgan yana bir ayol keldi. Bunday bemorlar odatda bir yil ichida vafot etardi. Oradan uch yil o’tib, hozir bu ayol bolalari bilan yashab yuribdi”, - deydi doktor Brouz.

Ushbu muolajalar hali yangi. Biroq mutaxassislarning aytishicha, target terapiya, ya’ni yuqori aniqlikda nurlantirish, immunoterapiya va genetik testlar rakni davolashda tobora keng qo’llana boshlaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG