Breaking News

Miya saratoniga qarshi yangi muolajalar


Miya saratoniga shifo izlab
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:55 0:00

Miya saratoniga shifo izlab

Bosh miya saratoni - kalla suyagi ichida hosil bo‘ladigan, miya to‘qimalarini, nerv hujayralarini, tolalarini, miya pardalarini va qon tomirlarini ishdan chiqaradgan o‘sma. Uning davosi yo’q. Saratonga uchraganlar odatda uzoq yashamaydi. Lekin olimlar yangidan-yangi izlanishlarini to’xtatgani yo’q. Ularning samarali tadqiqotlari bemorlarda umid uyg’otmoqda.

Lori Maynsga ikki yil avval miya saratoni diagnozi qo’yilgan.

“Bu haqda nech narsa bilishni istamasdim. Faqat tuzalib ketsam bo’ldi deb o’ylayverardim”, - deydi u.

Hatto saratonga moyil bo’lmagan o’smalar ham miyaning qaysi qismida hosil bo’lgani va o’simtaning fizik va kimyoviy ta’siriga qarab hayot uchun xavfli bo’ladi.

Glioblastoma deb nomlangan o’sma miya saratonining eng ko’p uchraydigan turi. Kasallik orttirilgandan so’ng o’rtacha besh yilgacha umr ko’rish mumkin.

“Hali yashasam kerak. Umidim so’ngani yo’q, kurashyapman… Lekin kasallik, reallikni ham tushunaman”, - deydi Lori Mayns.

Davolashning eng samarali usuli xirurgik muolajalar. Miya o‘smalarining turi, sifati va hajmiga qarab, ijobiy natija berishi kutilgan holatlardagina operatsiya qilinadi. Miyaga tig’ tegishi esa to‘qimalarni shikastlaydi va turli nevrologik defitsitlarga olib keladi. Shuningdek, vaqtincha hayot sifatini yaxshilash uchun miya saratoniga qarshi kimyoterapiya yoki nur terapiyasi ham qo'llanishi mumkin.

Ogayo shtatidagi Dyuk salomatlik markazi olimlari miyadagi o’smaga to’g’ridan-to’g’ri qayta ishlangan poliomielit virusini yuborish muolajasi umrni uzaytirish mumkinligini aniqlashdi. Yoki bemorlarning o’z immuniteti orqali ham dardga qarshi kurash olib borilmoqda.

“Yangi terapiyalar, klinik tadqiqotlar, immunoterapiyalarni o’rganyapmiz. Samara beradi deb ishonamiz. Bemorlarning ham umidi katta”, - deydi shifokor Arnab Chakravarti.

U Ogayo universiteti qoshidagi saraton kasalliklari markazida glioma o’smalarining genetik tuzilmasi va miya saratonining boshqa turlari ustida izlanishlarni boshqaradi. Lori Mayns tadqiqot ishtirokchilaridan biri. Mutaxassislarning aytishicha, bemorlarning immuniteti, kasallik tarixi, nasli, yoshi va hatto muhit ta’sirida ularning hayotini uzaytirsa bo’ladi. Ayniqsa, kimyoterapiya va nur terapiyasi bilan davolangan bemorlarning umri kutilgandan ko’ra ikki baravarga ortishi mumkin.

“Har bir odamning umumiy salomatligi, to’qimalari, organizmi o’ziga xos. Shuning uchun ham saratonga uchraganlarning har biriga individual yondashish kerak”, - deydi Arnab Chakravarti.

Soha mutaxasislari nasliy omillarga qarab bemorlarga individual muolaja buyurish natija berishiga, saraton doim ham o’lim bilan yakun topmasligiga umid bog’lamoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG