Breaking News
Din

Rossiyada qurilgan yangi ibodatxona konservatizm harakati ramzimi?


Rossiya Qurolli kuchlari ibodatxonasi, Moskva oblasti Odinsovo rayonidagi "Patriot" parkidagi yangi cherkov

Moskva viloyatida Ikkinchi jahon urushidagi g’alabaning 75 yilligiga bag’ishlanib qurilgan yangi ibodatxona qad ko’tarib turibdi. Tanqidchilar Rossiyada vatanparvarlik targ’ibot quroli sifatida qo’llanayotganiga ishora qiladi.

“Bu ruhoniylashtirish jarayonining bir qismidir. Cherkov hayotimizning har bir jabhasiga singdirilmoqda – ham harbiy, ham noharbiy. Vatanparvarlik o’yiniga ham guvohmiz“, - deydi “Exo Moskvy” muxolif radiosi sharhlovchisi Anton Orex.

Rus Pravoslav cherkovining ayrim yetakchilari mozaikalarda ham Bolshevik, ham Chor Rossiyasi arboblarining tasvirlanganini tanqid qiladi.

“Putin shovinistik siyosat yuritmoqda, xoh oqlar bo’yicha, xoh qizillar bo’yicha. Rossiya Fuqarolar urushi o’tmishda qoldi. Hozir Sovet marshali Budyonniy ham, Chor Rossiyasi armiyasi generali Denikin ham ulug’lanadi”, - deydi ilohiyotchi Andrey Kurayev.

Cherkov mozaikalarida Iosif Stalin va 2014-yilda Qrimni Rossiyaga qo’shib olish amaliyotida qatnashgan askarlarning tasvirlanishi munozaralarga sabab bo’ldi. Tanqidchilar buning xudoga aloqasi yo’qligini aytadi.

“Bu davlat propagandasi va mafkurasi uchun kerak. Jannatga yaqin bo’lish uchun ibodatxonaga kirganimda boshimni tepaga ko’tarib Sovet ramzlariga ko’zim tushadi. Odamlarni o’ldirganlarni shunday mukofotlar bilan taqdirlashadi”, - deydi Kurayev.

Mozaikalarda Prezident Putinni ham tasvirlash rejasi bor edi, biroq xalq noroziliklaridan so’ng davlat rahbari bunday qilmaslikni buyurdi.

Ibodatxona qurilishi uchun pul xususiy xayriyadan tushgani aytiladi. Mudofaa vazirligi qo’shimcha mablag’ ajratganini inkor etmoqda.

Ibodatxona yoniga urush kunlarini tasvirlovchi muzey qurilgan. Koronavirus pandemiyasi sabab Qizil maydondagi an’anaviy g’alaba paradi kuzga ko’chirildi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG