Oy necha yoshda?

  • Amerika Ovozi

Quyosh sistemasi paydo bo’lganida Oy Yerni allaqachon 60 million yil mobaynida aylanib chiqqan, deydi olimlar

Oy necha yoshda? Olimlar o’z taxminiga ega. Bu boradagi ilmni oydinlashtirish bo’yicha izlanishlar tinmaydi. Yangi topilmalar bor.

Astronomlar Oy Marsga teng keladigan tosh Yer sayyorasi bilan to’qnashganida vujudga kelgan deb hisoblaydi. To’rt milliard 300 million yil oldin.

To’qnashuvdan paydo bo’lgan moddalar Oydir, deydi olimlar.

Evolyutsion biologiya bo’yicha izlanuvchi mutaxassislar hisobicha, Oyning yaralishi uchun 200 million yil ketgan.

“Kaliforniya universiteti olimlari Oyning umri to’rt milliard 100 million yilga teng deb kelar edi. Chunki Yer va marssimon tosh bir-biriga urilganida vujudga kelgan moddalar bir-biri tomon harakatlanib, hozirgi holatga kelgunicha uzoqroq payt o’tgan. Yerda hayot paydo bo’lgunicha millionlab yil zarur edi”, - deydi astronom Melani Barboni.

Mutaxassislar bu jarayonni jiddiy o’rganib keladi. Qanchalik aniqlik kiritilsa, shuncha foyda, deydi ular.

Tsirkon degan mineral yuzasidan izlanishlar yangi bilimga yetakladi. Uni Oyga chiqib kelgan fazogirlar olib kelgan. Oy tosh deb atashadi bu moddani.

“Oyning umri aslida uzunroq, deb bilamiz. To’rt milliard 300 million yil deganda biz minimum vaqtni nazarda tutayapmiz. Lekin yangilangan taxmin shuki, Oy 4,5 milliard yildan beri charaqlab turibdi”.

Gap bugungi manzara vujudga kelishi uchun qancha vaqt ketganida. Millionlab yillar davomida qanday tabiiy o’zgarishlar bo’lganini tasavvur qila olasizmi?

“Yerga berilgan zarba natijasida sayyora qanchalik o’zgargani, atmosfera va suv bilan bog’liq o’zgarishlar… Hayot uchun sharoit qanday rivojlanganini o’rganish uchun bizga bu ma’lumot juda muhim”.

Yangi topilmalar Quyosh sistemasi paydo bo’lganida Oy Yerni allaqachon 60 million yil mobaynida aylanib chiqqanidan dalolat beradi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG