Breaking News

Tramp: Terrorizmga qarshi barcha chorani ishga solamiz


Hujum Jahon savdo markazi yaqinida yuz bergan, Nyu-York, 31-oktabr, 2017

31-oktabr kuni kechga yaqin Nyu-Yorkda yuz bergan terror hujumida sakkiz kishi o'lgan. Shahar meri Bill de Blazio so'zi bilan aytganda, bugungi voqea begunoh odamlarga qarshi qilingan terror.

Xurujni sodir etgan kishi, deya politsiya, kasalxonada. 29 yoshli o'zbek muhojir Sayfullo Soipov. U O'zbekistondanmi yoki Qirg'izistondan, bu hali aniq emas. Soipov AQShga 2010-yilda qonuniy ravishda kirgan. Florida va Nyu-Jersi shtatlarida yashagan. Oxirgi ishi haydovchilik bo'lgan.

Nyu-York gubernatori Andryu Kuomo deydiki, hujumchi biror bir tashkilot bilan hamkorlikda emas, yolg'iz o'zi harakat qilgan. Yuk mashinasidagi Soipov velosipedchilar yo'lkasida ketayotgan odamlarni yoppasiga bosgan, keyin esa ruldan tushib qurol chiqarib, boshqalarni o'qqa tutgan.

Nyu-York: Qonli hujumga vatandoshlar munosabati
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:50 0:00

Voqea mahalliy vaqt bilan 15:15:30 orasida yuz bergan. Yuk mashinasi kichik avtobus va boshqa bir avtomobilga ham urilgan. Ichidagi odamlar jarohatlangan.

Haydovchi mashinadan qo'lida ikki qurol bilan tushgan. Politsiya otgan o'q uning qorniga tekkan. Kasalxonada Soipov operatsiya qilingan. Tuzalishi aniq, deydi shifokorlar.

Sayfullo Soipov ijaraga olingan yuk mashinasida bo'lgan. Nyu-York, 31-oktabr, 2017.
Sayfullo Soipov ijaraga olingan yuk mashinasida bo'lgan. Nyu-York, 31-oktabr, 2017.

Argentina hukumatiga ko'ra, o'lgan sakkiz kishidan besh nafari uning fuqarosi. Yana bir kishi belgiyalik bo'lgan.

Guvohlarning aytishicha, Soipov "Allahu akbar'' deb hayqirgan.

Nyu-Yorkda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.

Shaharda o'n minglab o'zbeklar yashaydi, xususan Bruklin va Kvins singari tumanlarda. "Amerika Ovozi" bilan gaplashgan vatandoshlar dahshatda. Ular Soipovning kim ekanini bilmasligini aytadi.

Bilganlardan biri, hozirda Ogayo shtatida yashovchi Qobiljon Matkarov Sayfullo Soipovni iliq so'zlar bilan tilga oladi. Amerika matbuoti bilan muloqotda Matkarov hujumchini besh yil oldin Florida shtatida uchratgani, aloqada bo'lib turgani, oxirgi marta ko'rishganida esa uni oilasi bilan aerportga tashlab qo'ygani, ish haqini olmaganini aytadi. Soipov "Uber" taksi kompaniyasiga ishlagan.

O'tgan ikki yil ichida Nyu-Yorkda kamida besh o'zbek terrorizmda ayblanib hibsga olindi, ayrimlari uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Ular asosan terror tashkilotlarini quvvatlashgan uringanlikda sudlangan bo'lsa, Soipov Amerika sarhadida qonli xuruj qilgan ilk o'zbek.

Vatandosh: O’zbeklar tinchliksevar xalq
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:45 0:00

Vashingtondagi "Cato" tadqiqot instituti hisobicha, o'tgan 20 yil ichida 40 ming o'zbekistonlik AQShga migrant sifatida kirgan, ulardan 2 foizigina qochqin degan maqomga ega.

Ekspert David Bayer Soipov AQShda terror hujumi sodir etgan birinchi o'zbek deya tasdiqlar ekan, 2011-yilda Ulug'bek Qodirov Prezident Barak Obamani o'ldirishni rejalaganlikda, Fazliddin Qurbonov 2013-yilda terror tashkilotiga yordam berishga uringalikda, 2015-yilda esa Abdurasul Juraboyev Suriyada "Islomiy davlat" safiga qo'shilishni rejalanganlikda ayblanib uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etilganini qayd etadi. Yana bir necha kishi jazo belgilanishini kutib o'tiribdi.

Oq uyda Prezident Donald Tramp Nyu-Yorkda yaqinlarini yo'qotganlarga hamdardlik bildirib, "Islomiy davlat" ga zarba berishni, xavfli odamlarni Amerikaga yo'latmaslikni, kirib kelayotgan har bir muhojirni keskin tekshirishni va'da bermoqda. AQSh o'zini har qanday tahdiddan himoya qila olishi kerak va buning uchun barcha chora ko'riladi, deydi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG